O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya poytaxti Berlinga keldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya rasmiylari tomonidan kutib olindi.

Tashrifning asosiy tadbirlari bugun 21 yanvar kuni boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Germaniya Federativ Respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashdi.

Shavkat Mirziyoyev Belvyu saroyida kutib olindi. Prezident faxriy mehmonlar kitobiga dastxat yozib imzo qo‘ydi.

Bu yerda oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi o’tkazildi. Prezident sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi.

Muzokaralarda O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar, fan-ta'lim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Ertaga, 22 yanvar kuni Myunxen shahrida Bavariya bosh vaziri Markus Zyoder hamda Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.



Aloqador xabarlar