Parijda Tog'li Qorabog' masalasi muhokama qilindi

Ozarbayjon va Armaniston Tashqi ishlar vazirlari Fransiya poytaxti Parijda Tog'li Qorabog' masalasini qo'lga oldi.

Parijda Tog'li Qorabog' masalasi muhokama qilindi

Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Elmar Memmedyarov va Armaniston Tashqi ishlar vaziri Zohrab Mnatsakanyan Tog’li Qorabog’ muammosini hal qilish doirasida Fransiya poytaxti Parijda uchrashuv o’tkazdi.   

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi tomonidan shu haqida yozma ravishda berilgan bayonotiga ko’ra mazkur uchrashuvda tomonlar yana-da ishonchliroq bo’lishlikning ahamiyati ham doxil tegishli bir necha mavzuda foydali va ijobiy tusda fikr almashganlar.

Yana bayonotga ko’ra tomonlar mazkur muzokaralarning kelasi oyda ham davom ettirilishi borasida kelishib olganlar.

Shuningdek tomonlar har ikkala tomondagi aholini tinchlik, xavfsizlik va mintaqaning barqaror rivojlanishi uchun tayyorlashning yo’llari ham doxil bir necha masalani muhokama qilganlar.

Uchrashuvda Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) Minsk guruhining hamraisi rossiyalik Igor Popov, fransiyalik Stephane Visconti, amerikalik Andrew Schofer va YeXHT maxsus vakili Andrzej Kasprzyk ham ishtirok etgan.



Aloqador xabarlar