O‘zbekiston va Germaniya o'rtasida 4 milliard dollarlik kelishuv imzolandi

Berlinda 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Respublikasiga tashrifi oldidan O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va Germaniya o'rtasida 4 milliard dollarlik kelishuv imzolandi

 

O‘zbekiston bilan Germaniya o’rtasida jami qiymati 4 milliard dollardan ortiq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv shartnomasi imzolandi.

O’zbekiston investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lum qilishicha, Berlinda 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Respublikasiga tashrifi oldidan O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlari biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda O’zbekiston bosh vazir o’rinbosari va davlat investitsiya qo’mirasi rahbari Suhrob Holmurodov boshchiligidagi O’zbekiston delegatsiyasi ishtirok etdi. Mazkur kelishuv O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlari biznes-forumi doirasida imzolandi.

Kelishuv neft-gaz, neft-kimyo, energetika, sog‘liqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, qurilish materiallari ishlab chiqarish, mehmonxona qurilishi, investitsion-texnologik, bank-moliya sohalarida hamkorlikni rivojlantirishni ko‘zda tutadi.

Shuningdek, biznes doiralar vakillari uchun qulay muloqot maydoniga aylangan anjumanda Germaniyaning Deutsche Bank, Commerzbank, Landesbank, KfW, AKA Bank kabi banklari bilan O‘zbekiston tijorat banklari o‘rtasida mamlakatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit mablag‘lari ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelgusi hafta Germaniyaga rasmiy ziyorat amalga oshiradi.

 

 



Aloqador xabarlar