O'zbekistonda chet el  fuqarolari uchun viza rejimi

2019 yilning 1 fevralidan  45 davlat fuqarolari uchun 30 kunlikmuddatga vizasiz rejim joriy qilinadi.

O'zbekistonda chet el  fuqarolari uchun viza rejimi
O'zbekistonda chet el  fuqarolari uchun viza rejimi
O'zbekistonda chet el fuqarolari uchun viza rejimi

O'zbekistonda chet el  fuqarolari uchun viza rejimi

O'zbekistonda chet el  fuqarolari uchun viza rejimi

2019 yilning 1 fevralidan  45 davlat fuqarolari uchun 30 kunlik
muddatga vizasiz rejim joriy qilinadi. Prezident Shavkat
Mirziyoyevning  “O'zbekistonda turizmni tezkor rivojlantirish bo'yicha
qoshimcha chora tadbirlar to'g'risidagi ” farmoniga asoslanib yana 45
davlat fuqarolari vizasiz O'zbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Shu
vaqtgacha bunday davlatlar soni 18 tani tashkil etar edi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston prezidenti  2018 yilning  fevralida 7
mamlakat – Turkiya, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur,
Yaponiya va   Isroil fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz tartibni joriy
etish haqidagi farmonni imzolagan edi.  Ushbu ro'yxatga Mart oyida
Tojikiston, Oktabr  oyida Fransiya, 15 Yanvardan esa Germaniya
qo’shildi.

  Ayni vaqtda 39 mamlakat fuqarolari uchun sayyohlik vizalarni
olishning soddalashtirilgan  tartibi amal qila boshladi. 16 yoshgacha
bo'lgan chet ellik fuqarolar uchun vizasiz tartib  va 101 mamlakatdan
kelayotgan tranzit avia yo'lovchilar uchun besh kunlik vizasiz tartib
yo'lga qo’yildi.

Davlat  rahbarining farmonida qayd etilishicha viza tartibi hamda
O'zbekistonda bo'lish qoidalarining soddalashtirilishi
infratuzilmalarni rivojlantirish va xorijda mamlakatning sayyohlik
salohiyatini faol targ'ib  qilish  bilan birgalikda respublikaga
kelgan chet elliklar sonining 2017 yildagi 2,60 million kishidan 2018
yilda 5,3 million kishigacha ikki barobar oshishiga sabab bo'ldi.

2019 yil 1 fevraldan elektron kirish vizalarni olish huquqiga ega
mamlakatlar ro'yxatiga 76 davlat qo'shiladi. Bundan tashqari, joriy
yilning  Mart oyidan etiboran amal qilish muddati 30 kun bo'lgan ikki
martalik va ko'p martalik elektron kirish vizalari joriy etiladi.
Shunungdek, chet el  fuqarolarining alohida guruhlari uchun

Vatandosh visa, Student visa, Akademic visa, Medikal visa  kabi yangi
viza kategoriyalari yo'lga qo'yiladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: Rejimi , Viza , 30 kunlik , O'zbekiston

Aloqador xabarlar