Vladimir Norov Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlagan Vladimir Norov 2019 yilning 1 yanvar kunidan boshlab Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi.

Vladimir Norov Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi lavozimiga tayinlandi

O’zbekistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.

Bu qaror Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashining qaroriga binoan qabul qilindi.

Bu haqda O’zbekiston tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

“Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari Kengashining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori lavozimida ishlagan Vladimir Norov 2019 yilning 1 yanvar kunidan boshlab Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi lavozimini bajarishga kirishdi”,-deyiladi bayonotda.

O‘zbekiston vakili bu lavozimda Tojikiston vakili Rashid Alimov o‘rnini egalladi. U 2019 yilning 1 yanvaridan 2021 yilning 31 dekabriga qadar Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi vazifasini bajaradi.

1955 yilda Buxoroda tug‘ilgan Vladimir Norov 2006 yilning 12 iyulidan 2010 yilning 12 yanvarigacha O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat ko’rsatgan.

2011 yili Rossiya, Xitoy, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston va O’zbekiston tomonidan tuzilgan ShHTga o’tgan yili Pokiston va Hindiston a’zo bo’ldi.

Shanxay hamkorlik tashkilotining kuzatuvhi davlatlari safiga Afg’oniston, Belorus, EronMoʻgʻuliston kiradi.

Ozarbayjon, Armaniston, Kambochya, Nepal, Shri-Lanka va Turkiya ushbu tashkilotda muloqot hamkori statusiga ega.

 



Aloqador xabarlar