O'zbekistondan xabarlar 53-qism

Hukumatning haj va umra tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishni yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to`g`risidagi qaroriga o`zgartirish kiritildi.

O'zbekistondan xabarlar 53-qism

O'zbekistonda umra ziyoratchilari uchun kvotalar bekor qilindi.

Hukumatning haj va umra tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishni yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to`g`risidagi qaroriga o`zgartirish kiritildi.

Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Haj va umra tadbirlarini tashkil etish va o`tkazishni yanada takomillashtirish chora - tadbirlari to`g`risidagi qarorga kiritilgan o`zgartirishga ko`ra, umra safariga cheklanmagan miqdorda ziyoratchilar borishi mumkin bo`ladi.

Bugungi kunga qadar o'rnatilgan tartibga ko`ra, umra safariga borishi mumkin bo`lgan ziyoratchilar kvotasi har yili o`n ming kishi etib belgilangan edi.         

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilga “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berdi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, parlamentga qilgan an`anaviy murojaatida 2019 yilga "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nom berishni taklif qildi.

Yig`ilishda parlament rahbariyati va a`zolari, O`zbekiston hukumati, viloyatlar hokimlari, mamlakatda akkreditatsiyadan o`tgan diplomatik korpuslar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mirziyoyev, o`z chiqishida kelgusida yilda 2018 yilda boshlangan loyiha va dasturlar davom ettirilishini ma`lum qildi.

Mirziyoyev, faol investitsion siyosat olib boruvchi mamlakatlar rivojlanishda yuqori muvaffaqiyatlarga erishganligini aytar ekan, investitsiyalarni iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi, boshqa sohalar va mamlakat hududlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi, yangi texnologiyalar va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qiluvchi kuch deb atadi.

Mirziyoyev, o'z nutqida, “Hech qaysi davlat investitsiyani rivojlantirmasdan, hech qanday natijaga erishmaydi. Eng murakkab yo`l, bu investitsiya jozibardorligini sarmoyadorlarga etkazish bo`yicha katta ishlarni qilishimiz kerak. Muhitni yaratmas ekanmiz, oldimizga qo`ygan yuksak marralarga erisholmaymiz.

Investitsiyalarning so`nggi maqsadi O`zbekistonda yashovchi har bir insonning hayot darajasini oshirishdan iborat” deya ta'kidladi.

Ma'lumki, O'zbekiston raxbariyati tomonidan, xar yili kirib kelayotgan yilga an'anaviy tarzda nom berish urfga aylangan.         

O`zbekiston prezidenti 2018 yilning o`tgan 11 oyi davomida turli davlat raxbarlari bilan 21 ta uchrashuv o'tkazdi.

Bu haqda yil yakunlariga bag`ishlangan brifing davomida O`zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o`rinbosari Ilhom Ne`matov ma`lum qildi.

Ilhom Ne`matovning ma'lum qilishicha, O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shu yiling yanvar - noyabr oylarida xorijiy mamlakatlarga 13 ta tashrifi amalga oshirdi. Joriy yilning 11 oyida O`zbekistonga 8 ta davlat rahbarlari tashrif buyurdi.

Umuman olganda 2018 yil mobaynida 30 dan ortiq davlatlar va xalqaro tuzilmalar rahbarlari bilan oliy darajadagi muzokaralar olib borildi, 180 ta ikki tomonlama shartnoma va kelishuvlar imzolandi.         

O`zbekiston va Tojikiston Afg`oniston chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi.

O'tgan xaftada O`zbekiston va Tojikiston chegara qo`shinlari birinchi qo`shma harbiy kengash yig`ilishi bo'lib o'tdi.

Yig`ilish Tojikistonning So`g`d viloyati Guliston shaxrida o`tkazildi. Yig'ilishda, O`zbekiston va Tojikiston chegara qo`shinlari Afg`oniston bilan chegaradagi vaziyatni muhokama qilindi.

Uchrashuvda Tojikiston chegara qo`shinlari qo`mondoni, general - polkovnik Rajabali Raxmonali va O`zbekiston Davlat Xavfsizligi Xizmati chegara qo`shinlari qo`mondoni, general - mayor Ruslan Mirzayev va chegara qo`shinlari boshqarma rahbarlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda tomonlar O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi hamkorlik rivojlantirishga alohida e`tibor qaratilayotganini ta`kidladilar.

Harbiy kengash yig'ilishida shungdek, Afg`oniston bilan chegaradagi vaziyat muhokama qilindi.

Yig'ilishda, O`zbekiston va Tojikiston chegara qo`shinlari 2019 yil uchun hamkorlik rejasini ishlab chiqdi.

Hamkorlij rejasi O'zbekiston va Tojikiston o`rtasida o`zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va rivojlantirish hamda davlat chegarasini mustahkamlashni maqsad qiladi.         

O`zbekiston va Eron Afg`oniston masalasini muhokama qildi.

O`zbekiston prezidentining Afg`oniston bo`yicha maxsus vakili İsmatulla Ergashev Eronning O'zbekistondagi elchisi Bahman Og`oroziy Do`rmoniy bilan uchrashdi.

Bu xaqda O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda, O`zbekiston – Eron kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

2018 - yilda ikki tomonlama munosabatlardagi ijobiy o`sish mamnuniyat bilan qayd etildi hamda 2019 - yildagi qo`shma tadbirlar jadvali bo`yicha takliflar ko`rib chiqildi.

Uchrashuvda Afg`onistondagi tinchlik jarayoniga ko`maklashish doirasida hamkorlik masalasiga ham alohida e`tibor qaratildi. Ushbu mamlakatda infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda, jumladan mintaqaviy ahamiyatga ega temir yo`l magistralini qurishda hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.

         

 


Tanlangan kalimalar: So'nggi yangilklar , O'zbeksiton

Aloqador xabarlar