O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston hukumati rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va dolzarb masalalari, shuningdek, chegaraoldi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston hukumati rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘sh shahrida, chegaraoldi viloyatlari rahbarlari Kengashining ikkinchi yig‘ilishi doirasida Qirg‘iziston hukumati rahbari Muhammadkaliy Abilg‘oziyev bilan uchrashdi.

Qirg‘iziston hukumati rahbari Muhammadkaliy Abilg‘oziyev qo’shni mamlakatlar bilan mintaqalararo munosabatlarni mustahkamlash tashqi siyosatning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini ma’lum qildi.

Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi vazirlar mahkamasi apparatining axborot ta'minoti bo‘limi xabar qilmoqda.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning holati va dolzarb masalalari, shuningdek, chegaraoldi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Avvalroq, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari bilan Qirg‘iziston hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashi ikkinchi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga tashrif buyurgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat chegaradosh viloyatlari rahbarlari kengashining birinchi yig‘ilishi march oyida Farg‘onada bo‘lib o‘tdi.

 


Tanlangan kalimalar: Qirg'iziston , O'zbekiston

Aloqador xabarlar