O'zbekistondan xabarlar 51-qism

O'zbekiston 2020 yilda ishga tushirishi rejalashtirilayotgan "O'zbekiston GTL" sintetik suyuq yoqilg`i zavodining qurilishi uchun 11 kreditorning 2,3 milliard dollarlik mablag`ini jalb etadi.

O'zbekistondan xabarlar 51-qism

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayderni qabul qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 14 dekabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida O`zbekistonda tashrif bilan bo`lib turgan Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashuv o`tkazdi.

Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mirziyoyev, mehmonni samimiy qutlar ekan, o`zining 100 yillik faoliyati davomida jahonda ijtimoiy adolatni ilgari surish va mehnatkashlar huquqini ta`minlashga xizmat qilgan Xalqaro mehnat tashkiloti bilan samarali hamkorlikni O`zbekiston yuksak qadrlashini alohida ta`kidladi.

Uchrashuvda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan barcha masalalar, jumladan, yangi yo`nalishlar yuzasidan konstruktiv muloqotni davom ettirish va sheriklik munosabatlarini kengaytirishga ikki tomon ham tayyor ekani ta`kidlandi.

Gay Rayder, O`zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni olqishladi.

Rayder, O`zbekiston mehnat qonunchiligi normalari xalqaro standartlar bilan uyg`unlashtirilayotgani, O`zbekiston ratifikatsiya qilgan Xalqaro mehnat tashkiloti konventsiyalarini 2018−2020 yillarda amalga oshirish bo`yicha «yo`l xaritasi» qabul qilinganiga yuksak baho berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Barqaror taraqqiyot maqsadlariga hamohang amalga oshirilayotgan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi alohida qayd etildi.

Uchrashuvda sheriklikni yanada kengaytirish muloqotni faollashtirish uchun mustahkam zamin yaratishiga, O`zbekistonda Bandlik milliy strategiyasini ishlab chiqishda Xalqaro mehnat tashkiloti tajribasidan samarali foydalanishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Ma'lumki, O`zbekiston 1992 yildan buyon Xalqaro mehnat tashkilotining to`la huquqli a`zosi xisoblanadi. Bugungi kunga qadar tashkilotning 14 konventsiyasi, jumladan, 8 asosiy konventsiyasi O'zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan.

2017 yildan boshlab 2020 yilgacha bo`lgan davrga mo`ljallangan «Munosib mehnat bo`yicha mamlakat dasturi» amalga oshirilmoqda.

Joriy yilda O`zbekistonda Xalqaro mehnat tashkilotining milliy koordinatori ofisi ochildi.

 

Frantsiya hukumati islohotlarni qo`llab-quvvatlashga O'zbekistonga 150 million yevro ajratdi.

Frantsiya taraqqiyot agentligi O`zbekistonda iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash dasturini amalga oshirish doirasida 150 million yevro miqdorida kredit ajratdi.

Bu haqda O'zbekiston Moliya vazirligi matbout xizmati xabar qildi.

Mazkur kredit shartnomasi o'tgan xaftada O'zbekiston Moliya vazirligi va Frantsiya taraqqiyot agentligi o'rtasida Toshkent shaxrida imzolandi.

Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan mazkur loyiha O`zbekistonda ish o`rinlarini yaratish hamda hududlardagi ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish bo`yicha davlat dasturlarini byudjetdan moliyalashtirish bo`yicha qo`shimcha manbalar bilan ta`minlaydi.

Kredit 20 yil muddatga taqdim etilib, uning 6 yili imtiyozli davr hisoblanadi.

Ma'lumki, bundan avval Osiyo taraqqiyot banki O`zbekistonda iqtisodiy boshqaruvni yaxshilash dasturini amalga oshirish doirasida 300 million dollar miqdorida kredit ajratgan edi.

       

O`zbekiston 2020 yilda ishga tushirishi rejalashtirilayotgan "O'zbekiston GTL" sintetik suyuq yoqilg`i zavodining qurilishi uchun 11 kreditorning 2,3 milliard dollarlik mablag`ini jalb etadi.

"O`zbekiston GTL" loyiha kompaniyasi va "O`zbekneftgaz" o'tgan shanba kuni Toshkentda "O'zbekiston GTL" loyihasini amalga oshirish uchun Xitoy davlat rivojlanish banki, Koreya Eksport-import banki, Koreya savdo sug`urta korporatsiyasi, Rossiyaning "Gazprombank», Rossiya eksport kreditlari va investitsiyalar sug`urtasi bo`yicha agentligi, Shvetsariyaning "Credit Suisse" va Yaponiyaning bir qator banklari bilan 2,3 milliard dollarlik moliyaviy hujjatlarni imzoladi.

Mazkur kelishuvga asosan, bu kreditning 1 milliard dollardan ziyodroq mablag`ini Xitoy, 600 million dollardan ortiqrog`ini janubiy Koreya, 700 million dollarga yaqinini esa qolgan kreditorlar ajratadi.

Loyixaning qolgan qilsmi uchun esa O'zbekiston hukumatining o'z mabkag'lari sarflanadi.

“O'zbekiston GTL" loyihasi o`z miqyosi bo`yicha nafaqat O`zbekiston, balki mintaqadagi eng yirik investitsion loyihalardan biri hisoblanadi va sintetik suyuq yoqilg`i ishlab chiqarish borasida Yevroosiyo mintaqasida yagona bo'ladi.

Tadbirda so'z olgan "O`zbekneftgaz" rahbari Bahrom Ashrafxonov, O`zbekiston prezidentining qurilish maydonchasiga ikkin marta tashrif buyurib, uning amalga oshirilishi jarayoni bilan shaxsan tanishgani ham loyihaning strategik ahamiyati to`g`risida guvohlik berishini ta'kidladi.

Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering kompaniyasi loyihaning bosh pudratchisi xisoblanadi.

Qashqadaryo viloyatida davom etayotgan qurilish ishlariga ko'plab ishchi va texnikalar jalb qilingan bo'lib, loyiha qiymati 3,6 milliard dollarni tashkil etishi kutilayotgan zavod, 2020 yilda ishga tushirilganidan so`ng 3,6 milliard kub metr gaz qayta ishlanib, 1,5 million tonna "Yevro-5" standartidagi sintetik suyuq yoqilg`i olish yo`lga qo`yiladi.

      

O`zbekiston va Vengriya biznes forumda 46 million dollarlik bitimlarni imzoladi.

14 dekabr kuni Toshkent shaxrida O`zbekiston va Vengriya biznes forumi bo'lib o'tdi.

Biznes forumda tomonlar o'rtasida 46 million dollarlik oltita bitim imzolandi.

Bu xaqda O`zbekiston investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Bunga ko'ra, Navoiy viloyati hokimiyati va yirik shoxli chorva mollarini etishtirish bo`yicha 30 millon dollarlik,  sabzavot urug`larini etishtirish bo`yicha agrofirma tashkil etish uchun 10 millin dollarlik, bodring, tomat, makkajo`xori va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish bo`yicha 3 million dollarlik, baliq etishtirish va uni qayta ishlash uchun 1,6 million dollarlik, shokolad mahsulotlari uchun mevalarni qayta ishlash bo`yicha uskunalarni etkazib berish bo`yicha 300 ming dollarlik shartnoma imzolandi.

Biznes forumda, shuningdek kelgusi yilning 5-6 mart kunlari Budapeshtda iqtisodiy hamkorlik bo`yicha O`zbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiya yig`ilishi bo`lib o'tishi ta'kidlandi.

        


Tanlangan kalimalar: Shavkat Mirziyoyev , O'zbekiston

Aloqador xabarlar