Aliyev, Turkiyaning, Ozarbayjonning haqli munosabatini qo’llab-quvvatlaganligini ta’kidladi

Mevlut Chavusho’g’li Qora dengiz Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga borar ekan u yerda Prezident Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.

Aliyev, Turkiyaning, Ozarbayjonning haqli munosabatini qo’llab-quvvatlaganligini ta’kidladi

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li Qora dengiz Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining navbatdagi Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga borar ekan u yerda Prezident Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.

Ilhom Aliyev Prezidentlik qarorgohidagi qabulda Ozarbayjon va Turkiyaning yaqin do’st ekanligini va ikkala mamlakatning bir-birini har doim qo’llab-quvvatlashini qayd etdi.

Aliyev, Tog’lik Qorabog’ muammosini hal qilishda ham Turkiyaning, Ozarbayjonning haqli munosabatini qo’llab-quvvatlaganligini ta’kidladi.

Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho’g’li ham kecha poytaxt Anqarada poyezd orqali yuz bergan yo’l-transport hodisasida jon berganlar uchun ta’ziya izhor etganligi tufayli Prezident Aliyevga minnatdorchilik bildirdi.  

Chavusho’g’li,

“Qardosh Ozarbayjonning lideri sifatida siz yaxshi va yomon kunda har doim yonimizda bo’ldingiz. Shunday ekan biz ham Turkiya sifatida har doim siz bilan birgamiz” dedi.

Ozarbayjonning Qora dengiz Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga o’z vaqtida muvaffaqiyatli ravishda yetakchilik qilganligini ifoda etgan Chavusho’g’li, Ozarbayjonning o’z zimmasiga olgan barcha javobgarchiligini alo darajada bajarganligini, mezbonlik qilgan barcha yig’ilishlarni muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirganligini ta’kidladi.

Ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning mukammal saviyaga ko’tarilganligiga e’tibor qaratgan Chavusho’g’li,  

“Sizning Prezidentimiz Erdo’g’an bilan birgalikda o’rtaga qo’ygan liderlik, samimiy do’stligimiz, qardoshligimiz va bizlarga bergan buyruqlaringiz orqali muhim loyihalar yo’lga qo’yildi lekin yana ko’p ishlarimiz bor” degan ifodalarga o’rin berdi.

Chavusho’g’li Qorabog’ muammosi va Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi masalasida Turkiya sifatida har doim eng kuchli yordamni berishni davom ettirajaklarini o’z so’ziga ilova etdi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar