O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari Samarqandda uchrashdi

Samarqandda mahalliy tadbirkorlar va Turkiya tijorat vazirligi qoshidagi Sharqiy Qora dengiz eksportchilari uyushmasining qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari Samarqandda uchrashdi

O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari Samarqandda uchrashdi

Samarqandda mahalliy tadbirkorlar va Turkiya tijorat vazirligi qoshidagi Sharqiy Qora dengiz eksportchilari uyushmasining qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Tadbir avvalida Samarqand viloyatidagi yirik sanoat korxonalari, qurilish tashkilotlari, turizm faoliyati bilan shug‘ullanuvchi firma va kompaniyalar hamda Turkiyaning Sharqiy Qora dengiz mintaqasidagi 15 dan ortiq korxonalar faoliyati haqida ma’lumot berildi.

“Uyushmamiz Turkiyaning eng yirik birlashmalaridan biri hisoblanadi va unga ishlab chiqarishning turli yo‘nalishlarida faoliyat olib boradigan tadbirkorlar a’zo bo‘lgan, — deydi Sharqiy Qora dengiz eksportchilar uyushmasi raisi Ahmed Hamdi Gyundogan. — Ular dunyoning 110 dan ortiq davlatiga o‘z mahsulotlarini eksport qiladi. Sharqiy Qora dengiz mintaqasi geografik jihatdan O‘zbekistonga eng yaqin hudud bo‘lsa-da, qurilish va bunyodkorlik sohalarida hamkorligimiz qoniqarli emas. Shu bois, ushbu mintaqadagi eng yirik ishlab chiqaruvchilarni bu yerga olib kelib, hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatingizga turk ishbilarmonlari investitsiyasini ko‘proq kiritishni rejalashtirganmiz”.

Mazkur uyushma Buyuk ipak yo‘li dasturi doirasida har yili turkiy tilli davlatlar ishbilarmonlari yig‘ilishini o‘tkazadi. Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, 2019-yilda bo‘ladigan 4-yig‘ilishga o‘zbekistonlik tadbirkorlarni ham taklif etish ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida turkiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda 55 ta qo‘shma korxona tashkil etilgan. O‘zaro tovar aylanmasi joriy yil birinchi yarmida 74 million dollaridan oshdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkich.

Uchrashuvda hamkorlikni yangi bosqichda, yanada keng ko‘lamda davom ettirish, ishga solinmagan imkoniyatlardan to‘la foydalanish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

 


Tanlangan kalimalar: İshbilarmon , O'zbek , Turk

Aloqador xabarlar