Poytaxt Anqarada “Qirg’iziston Madaniyati kuni” uyushtirildi

Chet ellik turklar va qarindosh jamoatlar boshchiligi bilan Qirg’izistonning Anqaradagi elchixonasi tomonidan poytaxtda “Qirg’iziston Madaniyati kuni” uyushtirildi.

Poytaxt Anqarada “Qirg’iziston Madaniyati kuni” uyushtirildi

Chet ellik turklar va qarindosh jamoatlar boshchiligi bilan Qirg’izistonning Anqaradagi elchixonasi tomonidan poytaxtda “Qirg’iziston Madaniyati kuni” uyushtirildi.

Nomi tilga olingan boshchilikning Hamamo’nu ofisidagi tadbirning ochilish marosimida Qirg’izistonning Anqaradagi elchixonasi maslahatchisi Aybek Akayev, boshchilikning Xalqaro talabalar bo'limi rahbari Ahmet Atabash va qirg’izistonlik talabalar nomidan Asilbek Abdug'aniyev nutq so’zladi.  

Aybek Akayev o’z nutqida Turkiya va Qirg’iziston o’rtasidagi davlat rahbarlari ishtirokidagi o’zaro tashriflarning ortganligiga e’tibor qaratdi.

Madaniy merosning saqlanib qolishi to’g’risida ikki mamlakat o’rtasida yo’lga qo’yilgan hamkorlikka to’xtalgan Akayev, “Qardosh Turkiya xalqi bilan bo’lgan munosabatimizning eng yuqori saviyaga ko’tarilishiga ishonchim komil” dedi.

Qirg’iz yozuvchi Ching’iz Aytmatov tavalludining 90-yilligi munosabati bilan Turkiyada bir necha tadbir uyushtirganliklarini ham eslatib o’tgan Akayev, 3-dekabr kuni poytaxtdagi “Antares” savdo markazida rasmlar ko’rgazmasi namoyish etilishini ma’lum qildi.  

Chet ellik turklar va qarindosh jamoatlar boshchiligining Xalqaro talabalar bo'limi rahbari Ahmet Atabash tadbirga mezbonlik qilishdan xursand ekanliklarini ifoda etar ekan ayni vaqtda talabalarni nazarda tutgan holda, “Bu yer sizning o’z uyingiz. Har doim sizlarni qo’llab-quvvatlashga tayyormiz” dega gapirdi.

Madaniy almashuvlarning ahamiyatini ta’kidlagan Atabash, bugungi kunda, dunyoda yuz berayotgan madaniy inqirozdan qutilish uchun “bir-birimizni tanishimiz kerak” dedi.

Bu yil boshchilik tomonidan Xalqaro talabalar akademiyasi dasturining boshlatilishini ham eslatgan Atabash, bu orqali Turkiyada ta’lim olgan chet ellik talabalarning turk tilini o’rganishi va akademik tarmoqdagi muvaffaqiyatiga hissa qo’shmoqchi ekanliklarini belgilab o’tdi.  

“Turkiya burslari” stipendiyasi dasturining qirg’izistonlik talabalaridan biri Abdug’aniyev esa, qirg’iz madaniyatini tanishtirish imkoni bergani uchun Chet ellik turklar va qarindosh jamoatlar boshchiligiga chuqur minnatdorchilik bildirdi.  

“Ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning har doim yaxshi bo’lib kelganligini belgilab o’tgan Abdug’aniyev, “Munosabatlarning yana-da rivojlanishi uchun Turkiyada ta’lim olgan qirg’iz talabalarning javobgarchiligi katta” dedi.

Qirg’iziston haqida ma’ruzalar ham qilingan tadbirda “Manas” va “Qurmanbek” dostoni shuningdek milliy raqs namoyishlari ishtirokchilar e’tiboriga havola qilindi.

Tadbirda qirg’iz taomlari va rasm ko’rgazmasiga ham o’rin berildi.



Aloqador xabarlar