Istanbul aeroportidan Ozarbayjonga birinchi qatnov amalga oshirildi

Ozarbayjon poytaxti Boku shu bilan birga THYning Markaziy Osiyoga bo’lgan birinchi qatnovini amalga oshirgan nuqta hisoblanadi.

Istanbul aeroportidan Ozarbayjonga birinchi qatnov amalga oshirildi

Istanbul aeroportidan Ozarbayjon tomon birinchi qatnov amalga oshirildi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an bilan dunyoning boshqa ba’zi davlat va hukumat rahbarlari ishtirokida 29-oktabr kuni ochilgan Istanbul aeroportidan ikkinchi chet el qatnovi bugun soat 09:30 da Ozarbayjon poytaxti Bokuda joylashgan, “Haydar Aliyev” nomidagi Xalqaro aeroporti tomon Boeing-737 rusumidagi uchoq orqali amalga oshirildi.

Mazkur qatnovga bo’lgan talab kotta edi va 121 nafar yo’lovchi o’rin oldi.

Turk havo yo’llari Anqara, Izmir, Antaliya va Shimoliy Kipr Turk respublikasi ortidan Istanbul aeroportidan beshinchi uchish nuqtasi deb qayd etilgan Boku tomon 31-dekabrgacha haftaning har kuni bir marotaba, jami 7 merotaba qatnov yo’lga qo’yadi.

Yangi ilova etilgan qatnovlar orqali Turk havo yo’llarining Istanbul va Boku shaharlari o’rtasidagi qatnovi soni ham 38 ga chiqdi. Uchoqlarning 28 tasi “Atatürk” aeroportidan, 7 tasi “Istanbul” aeroportidan, 3 tasi “Sabiha Gökçen” aeroportidan ko’tariladi.

THY 2017-yili Boku tomon 337 ming 300 yo’lovchi tashir ekan 2018-yilning birinchi 10 oyida 337 ming yo’lovchi tashidi.

Bu yilning birinchi 10 oyidagi yo’lovchilar soni 2017-yilning shu oyiga nisbatan 7 foizga ortib, 77 foizga yetdi.

Ozarbayjon poytaxti Boku shu bilan birga THYning Turk dunyosi shaharlariga bo’lgan birinchi qatnovini amalga oshirgan nuqta hisoblanadi.

Bundan roppa-rosa 17 yil muqaddam 1991-yili boshlagan va 27 yildan beri uzluksiz davom etgan qatnovlar Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasidagi milliy va manaviy aloqalarni mustahkamlash jihatidan bir ko’prik vazifasini bajarmoqda.



Aloqador xabarlar