• Video galereya

Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar O‘zbekistonda

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashabbusi bilan yana bir Nobel mukofoti laureati — AQShning Shimoliy Karolina universiteti professori, kimyo bo‘yicha 2015-yilgi Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjarning O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi.

Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar O‘zbekistonda

Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashabbusi bilan yana bir Nobel mukofoti laureati — AQShning Shimoliy Karolina universiteti professori, kimyo bo‘yicha 2015-yilgi Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjarning O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi.

Bugun, 15-oktabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida vazir Inom Majidov kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, Shimoliy Karolina universiteti professori janob Aziz Sanjar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Inom Majidov mashhur olimning tashrifi O‘zbekiston yoshlarining ilmiy tadqiqot ishlariga bo‘lgani qiziqishi ortishida, ularning o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yib, tanlagan sohasida ijobiy yutuqlarga erishishida sezilarli turtki bo‘lishini qayd etdi.

O‘z navbatida, Aziz Sanjar O‘zbekistonda o‘zini vatanidagidek his qilayotganini, o‘ziga berilgan Nobel mukofoti butun turkiy xalqlar mukofoti deb hisoblashini alohida ta’kidladi. Shuningdek, taniqli olim o‘zbek allomalarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini e’tirof etar ekan, ilm-fan taraqqiyoti fundamental tadqiqotlar bilan uzviy bog‘liqligini qayd etdi.

Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar 15–22-oktabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib, tashrif doirasida taniqli professor ishtirokida “Aziz Sanjar: sarhadsiz bilim ichra kechgan hayot” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman, kimyo yo‘nalishida tahsil oluvchi bakalavr va magistrlar uchun onlayn ma’ruza hamda O‘zbekiston milliy universitetida molekulyar biologiya laboratoriyasining ochilish marosimi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Aziz Sanjar asli turkiyalik bo‘lib, 1971-yildan buyon AQShda faoliyat yuritadi. AQShning Yel, Texas va Shimoliy Karolina kabi nufuzli universitetlarida ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullangan. U 2015-yili Tomas Lindal va Pol Modrichlar bilan birgalikda DNKni tiklash mexanizmlarini tadqiq etgani uchun kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: Tashrif , O'zbekiston , Aziz Sanjar

Aloqador xabarlar