O’zbekistonda yo’lovchi avtobusi halokatga uchradi

Avtohalokat oqibatida 5 kishi hayotdan ko’z yumdi, 21 kishi yaralandi.

O’zbekistonda yo’lovchi avtobusi halokatga uchradi

O’zbekistonda yo’lovchi avtobusi halokatga uchradi.

Avtohalokat oqibatida 5 kishi hayotdan ko’z yumdi, 21 kishi yaralandi.

Bu voqea kecha 18 sentyabr kuni Buxoro viloyati Kogon tumani hududidan o'tuvchi Buxoro-Qorovulbozor magistral yo'lida ro’y bergan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu haqda ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Buxoro shahridagi benzin shoxobchasida yoqilg’i to’ldirgan avtobus harakatlangandan bir muddat o’tgach portlab ketgan.

Avtobusda jami 26 kishi bo'lgan.

Voqeada yaralangan 21 yo’lovchi shifoxonaga yotkizilgan. Bulardan ba’zilarining ahvoli og’ir ekanligi aytilmoqda.

Voqea sabablari tekshirilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: avtohalokat , Buxoro , O'zbekiston

Aloqador xabarlar