O'zbekistondan xabarlar 38-qism

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 12-14  sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O`zbekistonda bo'ldi.

O'zbekistondan xabarlar 38-qism

 

O'tgan xaftada Samarqand shahrida "Hindiston – Markaziy Osiyo" muloqotining beshinchi majlisi bo`lib o`tdi.

Bu haqda O`zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi tomonidan Xalqaro ishlar bo`yicha Hindiston kengashi bilan hamkorlikda hamda O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ko`magida tashkillashtirilgan tadbirda Hindiston tashqi ishlar davlat vaziri Mobashar Javad Akbar, Xalqaro ishlar bo`yicha Hindiston kengashi bosh direktori doktor Tirumallai Ragavan, Mavlono Azad nomidagi universitet rektori professor Ahtarul Vasi hamda boshqa siyosiy va ekspertlik doiralari vakillaridan iborat Ҳindiston delegatsiyasi va  Markaziy Osiyo davlatlari etakchi tadqiqot markazlarining olimlari va ekspertlari ishtirok etdi.

Forum doirasida Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlikning joriy dinamikasi,  barqaror taraqqiyotga qarshi qaratilgan xavf va tahdid bilan birgalikda kurashish, shuningdek Markaziy Osiyo davlatlarining Hindiston bilan siyosat,  iqtisod,  xavfsizlik va madaniyat sohalaridagi hamkorligini chuqurlashtirish borasidagi dolzarb taklif va tavsiyalarini ishlab chiqish masalalari bo`yicha samarali fikr almashildi. Panel sessiyalar doirasida Afg`onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko`maklashish masalalari ham muhokama qilindi.

Tadbir doirasida siyosat, iqtisod, energetika,  transport va madaniyat sohalaridagi o`zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish borasida ikki tomonda ham katta qiziqish borligini tasdiqlovchi muhokamalar bo`lib o`tdi. Majlis yakunlariga ko`ra Markaziy Osiyo davlatlari va Hindistonning ko`p qirrali hamkorligini kengaytirishga yo`naltirilgan amaliy takliflar ham ishlab chiqildi.

Forum qatnashchilari O`zbekistonning Afg`oniston yo`nalishidagi siyosatiga yuqori baho berdi.

Forum doirasida Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi bilan Xalqaro ishlar bo`yicha Hindiston kengashi o`rtasida hamkorlik to`g`risida memorandum ham imzolandi.  Hujjat Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazining hindistonlik hamkasblari bilan qo`shma tadqiqotlar o`tkazish,  maqolalar chop etish,  shuningdek qo`shma tadbirlarni tashkillashtirish sohalarida sermahsul va o`zaro manfaatli sheriklik aloqalarini yo`lga qo`yish bo`yicha keng imkoniyatlar yaratadi.

    

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 12-14  sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O`zbekistonda bo'ldi.

Lukashenko, Toshkentga tashrifini Mustaqillik va ezgulik monumentiga tashrif buyurib, yodgorlik poyiga gul qo`yishdan boshladi. Lukashenko, shuningdek O`zbekistonning birinchi prezidenti İslom Karimov xotirasiga o`rnatilgan haykal poyiga ham gul qo`ydi.

Shundan so`ng Ko`ksaroy qarorgohida O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko o'rtasida tor doirada va kengaytirilgan muzokaralar bo'lib o'tdi.

Mirziyoyev, Lukashenkoni mamlakatga tashrifi bilan qutlab, O`zbekiston bilan Belarus samimiy do`st va ishonchli sherik ekanini ta`kidladi.

Muzokarada O`zbekiston bilan Belarus o`rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikka doir keng ko`lamli masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvlarda O`zbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi o`rtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlashga, o`zaro manfaatli sohalardagi aloqalarni izchil rivojlantirishga kelishib olindi.

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoevni o`zi uchun qulay vaqtda Belarusga tashrif bilan borishga taklif etdi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan o`tkazilgan muzokaralardan keyin Lukashenkoga taniqli Belarus shoiri Yakub Kolasning o`zbek tiliga o`girilgan she`rlar to`plamini sovg`a qildi.

Samarali muzokaralardan so`ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo`ldi. Shavkat Mirziyoev va Aleksandr Lukashenko Qo`shma bayonotni imzoladi.

Shuningdek, ikki mamlakat hukumat va vazirliklari o`rtasida 20ga yaqin ikki tomonlama muhim hujjatlar imzolandi.

Shu kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko "O`zekspomarkaz"da tashkillashtirilgan Belarus Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko`rgazmasini ochib berdi.

     

O'zbekiston va Rossiya shaxarlari o'rtasida birinchi marta avtobus qatnovi yo'lga qo'yildi.

14 sentyabridan boshlab “Toshkent-Nijniy Novgorod” yo`nalishida xalqaro avtobuslar qatnov yo`lga qo`yildi.

Bu xaqda O'zbekiston Avtomobil va Daryo Transporti Agentligi xabar qildi.

O`zbekiston tomondan “Uzkaz Avto Trans”, Rossiya tomonidan esa “Panyushkin” firmalari tomonidan tashkil qilingan avtobus qatnovlari xar ikki kunda bir amalga oshiriladi.

Yo`lovchilar zamonaviy "Vanhool" rusumli avtobuslarda manzilga etkaziladi.

Umumiy yo`nalish masofasi 3 ming kilometrni tashkil qiluvchi qatnovga umumiy xisobda 61 soat vaqt sarflanadi.

Yo`nalish O`zbekiston - Qozog`iston, Qozog`iston - Rossiya nazorat o`tkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi.

      

Shu yilning 16 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Hindiston Respublikasi tashqi ishlar davlat vaziri Mobashar Javad Akbarni qabul qildi.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Hindistonga bo`lajak tashrifi va Hindiston rahbariyati bilan bo`ladigan muzokaralariga tayyorgarlik ko`rish jarayoni uchrashuv kun tartibining asosiy masalasi bo`ldi.

Uchrashuvda hozirgi vaqtda ikki mamlakatda ham oliy darajadagi O`zbekiston-Hindiston uchrashuvining mazmuniy qismi ustida birgalikda ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohada qator muhim tadbirlar o`tkazilayotganligi ta'kidlandi.

13-14 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo`lib o`tgan "Hindiston – Markaziy Osiyo" muloqotining 5-majlisida ishtirok etgan Mobashar Javad Akbar, Komilov bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda, ikki tomonlama munosabatlar uchun juda muhim hodisa arafasida shu kabi tadbirlarning o`tkazilishi katta ahamiyat kasb etishini aytib o'tdi.

Suhbat davomida xalqaro va mintaqaviy siyosatning ba`zi masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuvda Hindiston elchisi Vinod Kumar ishtirok etdi.

 



Aloqador xabarlar