O’zbekistondagi ilk pullik avtomobil yo’li loyihasi Turk firmalariga omonat

Qurilish ishlarini 2019-2020 yillari amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

O’zbekistondagi ilk pullik avtomobil yo’li loyihasi Turk firmalariga omonat

Turkiyaning “Cengiz — Kolin — Kalyon” kompaniyalar konsortsiumi O’zbekiston davlat investitsiya qo’mitasida qo’mita raisining birinchi o’rinbosari Laziz Qudratov bilan Toshkent bilan tarixiy Samarqand shaharlari yo’nalishi bo’yicha davlat-xususiy sheriklik asosida O’zbekistondagi birinchi avtomobil yo’lini qurish masalasini muhokama qildi.

Mavzu haqida O’zbekiston davlat investitsiya qo’mitasi tomonidan ma’lumot berildi. Mazkur ma’lumotga ko’ra uchrashuvda yangi namunadagi avtomobil yo’li qurilishi ishlarida ishtirok etuvchi O’zbekistonning tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari ham qatnashar ekan unda ikki tomon loyiha haqidagi takliflarini bildirgan. Shuningdek ular loyihani ishlab chiqishda magistralning turar-joy tumanlaridan uzoqroqdan o’tishi, yaylov va qishloq xo’jaligi yerlariga minimal ta’sir hamda atrof-muhit holati hisobga olinishi kerakligini ko’rib chiqqan.    

Aytib o’tish joizki O’zbekistondagi birinchi pullik avtomobil yo’li bo’lishi rejalashtirilgan Toshkent-Samarqand yo’nalishining qurilishi haqidagi kelishuv Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning joriy yilning aprel oyidagi O’zbekistonga bo’lgan tashrifi davomida imzolangan. Shunga ko’ra mazkur magistralning qurilish ishlari 2019-2020 yillarga rejalashtirilgan.  

Ta’kidlanishicha loyiha Toshkent - Samarqand orasidagi masofani bugungiday 3.5 – 4 soatda emas 2 soat ichida bosib o’tish imkonini beradi.



Aloqador xabarlar