Qozog’iston iqtisodiyotida o’sish kuzatildi

Qozog’iston Milliy iqtisodiyot vaziri Timur Sulaymonov dunyo bozorida xavflar avj olgan shunday kunlarda mamlakat iqtisodiyotida o’sish kuzatilganligini qayd etdi.

1048076
Qozog’iston iqtisodiyotida o’sish kuzatildi

Qozog’iston Milliy iqtisodiyot vaziri Timur Sulaymonov yilning birinchi 8 oyida iqtisodiy tarmoqda 3.8 foiz o’sish kuzatilganligini ma’lum qildi.

Sulaymonov, vazirlar kengashi yig’ilishida so’zlagan nutqida shu yilning yanvar oyidan boshlab avgust oyigacha Qozog’iston iqtisodiyotida o’sishi kuzatilganligini qayd etgan holda,

“Dunyo bozorida xavflar avj olgan shunday kunlarda Qozog’iston iqtisodiyotida o’sish kuzatilmoqda. Hisobot davrida (8 oyda) mamlakatning yalpi ichki mahsuloti 3.8 foizga yetdi” dedi.  

Timur Sulaymonov yilning oxirigacha o’sish nisbatini 4 foizga chiqarish niyatida ekanliklarini ham qayd etdi.

Shuningdek, 1-sentabrdan boshlab xalqaro zaxiralarning 87.3 milliard AQSh dollarini tashkil etganligiga ham e’tibor qaratgan holda, oltin zaxiralarining 0.1 foiz ortgan holda, 30.8 milliard AQSh dollariga yetganligini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar