Joriy yilda Qozog'iston iqtisodiyoti 4% rivojlandi

Qozog'iston milliy iqtisodiyot vaziri Timur Suleymanov joriy yilning 6 oyida mamlakat iqtisodiyoti 4% rivojlanganligini ma'lum qildi.

Joriy yilda Qozog'iston iqtisodiyoti 4% rivojlandi

Qozog'iston milliy iqtisodiyot vaziri Timur Suleymanov joriy yilning 6 oyida mamlakat iqtisodiyoti 4% rivojlanganligini ma'lum qildi.

Suleymanov vazirlar kengashi yig'ilishida so'zlagan nutqida, 2018 yilning yanvar-iyul oylarida yalpi ichki mahsulot o'sishi 4%ni tashkil qilganligini bildirdi.

"Inflyatsiyaga doir bosimning kuchsizligi, yuqori investitsiya tizimining faolligi va asosiy sektorlardagi ijobiy dinamik iqtisodiy o'zgarishlar rivojlanishga turtki bo'ldi",-dedi Suleymanov.

Joriy yilda inflyatsiya nisbati 2.7%ni tashkil qilganligiga diqqat qaratgan Suleymanov yillik inflyatsiya nisbati 5.9% ekanligini ma'lum qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, 1 avgustdan e'tiboran Qozog'istonning xalqaro zahiralari 87.7 mlrd dollarga yetgan.

Qozog'iston statistika qo'mitasi ma'lum qilishicha, yanvar-iyul oylarida sanoat ishlab chiqarish hajmi o'tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan 5.1% oshgan holda, 15 mlrd 504 mln tangaga yetgan.

Shuningdek, joriy yilning 6 oyida neft ishlab chiqarish hajmi o'tgan yilning ayni mavsumiga nisbatan 7.5% ortish bilan 45 mln tonnaga yetdi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: iqtisodiyot , Qozog'iston

Aloqador xabarlar