O'zbekistondan xabarlar 33-qism

8 avgust kuni O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an telefon orqali muloqot qildi.

1031451
O'zbekistondan xabarlar 33-qism

 

O`zbekiston va Turkiya prezidentlari telefon orqali o`zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

8 avgust kuni O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda O`zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

İkki davlat rahbarlari joriy yilning birinchi yarim yilligida o`zaro tovar almashish hajmi o`ttiz foizdan ko`proqqa oshganligini qayd etishdi.

O`zbekiston prezidenti matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, davlatlar rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilib, bo`lg`usi uchrashuvlar jadvalini ko`rib chiqdi.

Prezidentlar, O`zbekiston va Turkiya o`rtasidagi do`stlik va strategik sherikchilik, keng miqyosli hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish va mustahkamlash tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi.

Matbuot xizmati ko`ra, joriy yilning yarmida ikki davlat o`rtasidagi savdo aylanmasi hajmi qariyb uchdan bir barobarga o`sdi. O`zbekistonda Turkiya kompaniyalari va banklari ishtirokida, jumladan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etish, energetika, transport - kommunikatsiya, logistika va sayyohlik infratuzilmalarini modernizatsiya qilish, shuningdek shaharsozlik, bank - moliya sektori va boshqa yo`nalishlarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

         

"Tolibon" delegatsiyasi O`zbekistonda uchrashuvlar o'tkazdi.

O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati, "Tolibon" delegatsiyasi mamlakatda uchrashuvlar o'tkazganligi haqida xabar berdi.

“Shu yilning 7 - 10-avgust kunlari Doha shahrida joylashgan “Tolibon” harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbas Stanikzay boshchiligidagi delegatsiya O`zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi", deyiladi.

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Xabarga ko'ra, "Tolibon" harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilindi. Uchrashuvda Afg`onistonda tinchlik o`rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Ma'lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Mart oyida Toshkentda "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzucida Afg`oniston bo`yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferentsiyasi tashkil etildi.

Avvalroq xam O`zbekiston rasmiylari “Tolibon” bilan muzokaralar o`tkazgani xabar qilingan edi.

         

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JICA va O'zbekiston Oliy ta`lim vazirligi 2,3 million dollarlik grant shartnomasini imzoladi.

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi O`zbekiston davlat muassasalarining yosh xodimlarini Yaponiyadagi oliy ta'lim muassasalarida o`qitish uchun 2,3 million dollar grant ajratdi.

Bu haqda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining Toshkentdagi ofisi xabar qildi.

10 avgust kuni Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi hamda O`zbekiston Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi o'rtasida 2,3 million dollar miqdoridagi grant shartnomasi imzolandi.

Mazkur mablag`lar O`zbekiston vazirlik va mahkamalari, tadqiqot muassasalari va davlat kompaniyalari xodimlarini Yaponiya oliy ta`lim muassasalarida o`qishlari uchun yo`naltiriladi.

Saralab olingan nomzodlar 2019 − 2022 yillarda Yaponiya oliy ta'lim muassasalariga jo`natiladi.

O'zbekistonlik yosh xodimlar iqtisodiy infratuzilmalar, ishbilarmonlik muhiti, qonunchilik tizimi, davlat moliyaviy boshqaruvi, qishloq xo`jaligi va sog`liqni saqlash yo`nalishlarida magistratura va doktorantura dasturlari bo`yicha tahsil oladi.

      

O`zbekiston va Tojikiston Mudofaa vazirliklari o'rtasida harbiy hamkorlik rejasi imzolandi.

O'tgan xaftada O`zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov va O`zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo boshchiligidagi harbiy delegatsiya o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv davomida hozirgi kunda O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi harbiy hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi, harbiy - texnika yo`nalishidagi aloqalarni mustahkamlash borasida fikrlar almashildi.

O`zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, ikki mamlakat o`rtasidagi do`stona munosabatlarni yuqori baholadi va joriy yilning mart oyida O`zbekiston va Tojikiston prezidentlari o`rtasida bo`lib o`tgan uchrashuvning axamiyatini ta`kidladi.

Azizov shuningdek, ikki mamlakat mudofaa sohasi bo`yicha hamkorlikni rivojlantirishning muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etdi.

Tojikiston Respublikasi mudofaa vaziri Sherali Mirzo, samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, O`zbekiston Qurolli Kuchlari mintaqadagi eng kuchli va zamonaviy qurol - aslahalarga, O`zbekiston armiyasining harbiy xizmatchilari jangovar o`quv mashg`ulotlari borasida yaxshi bazaga ega ekanligini ta`kidladi.

Uchrashuv yakunida O`zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov va Tojikiston mudofaa vaziri general-polkovnik Sherali Mirzo, ikki mamlakat o'rtasida 2018 yilgi harbiy hamkorlik rejasini imzoladi.

Tojikiston delegatsiyasi tashrif doirasida, O`zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasiga ham tashrif buyurib, oliy harbiy ta`lim muasssasining faoliyati bilan tanishdi.

Tojikiston Respublikasi harbiy delegatsiyasi shuningdek Chirchiqdagi harbiy poligonda ham bo`lib, "Tank biatloni" bellashuvi bo`yicha tashkillashtirilgan ko`rgazmali mashg`ulotni tomosha qildi.

        



Aloqador xabarlar