Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Ozarbayjonga tashrif buyurdi

Imomali Rahmon poytaxt Bakuda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Ozarbayjonga tashrif buyurdi

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon davlat tashrifi bilan Ozarbayjonga keldi.

Imomali Rahmon poytaxt Bakuda Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan rasmiy marosim bilan kutib olindi.

Ozarbayjon va Tojikiston milliy gimni chalingach, ikki yetakchi tor va keng doiradagi hay’atlararo uchrashuvlarni amalga oshirdi.

Muzokaralar yakunida Aliyev va Imomali Rahmon Ozarbayjon va Tojikiston o’rtasida hamkorlikka doir qo’shma bayonot imzoladi.

Ikki davlat o’rtasida investitsiya, televideniye, chegara xavfsizligi bo’yicha malaka oshirish dasturi, veterinariya, talaba almashish dasturi, iqtisodiyot, sanoat va yangi texnologiya sohalarida hamkorlik shartnomalariga qo’l qo’yildi.

Imzo marosimidan so’ng, mushtarak matbuot anjumani o’tkazildi.

Aliyev bugun imzolangan shartnomalar asosida ikki davlat o’rtasidagi savdo hajmi yanada ortishini, bir qator sohada hamkorlik faoliyatlari yanada faollashishini ma’lum qildi.

“Baku-Tbilisi-Kars temir yo’li va Alat porti orqali tranzit yuk tashish uchun yangi imkoniyatlar yaratildi. Tojikistondan tranzit yuk tashish hajmi yanada oshadi degan umiddamiz va bu borada kelishib oldik”,-dedi Ilhom Aliyev.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon ta’kidlashicha, Ozarbayjon Tojikistonning tashqi siyosatida strategik ahamiyatga ega. Shu sababli ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish tarafdori.

“Savdo hajmini oshirish va iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlikni rivojlantirish ustida to’xtalib o’tdik. Biz imzolagan shartnomalar sanoat, energiya, transport, qishloq-xo’jaligi va boshqa sohalarda uzoq muddatli hamkorligimizning ravnaqiga hissa qo’shadi”,-dedi Tojikiston prezidenti.

Tog’liq Qorabog’ masalasiga ham to’xtalgan Rahmon muammoni xalqaro huquq qoidalari asosida va tinchliksevar yo’llar bilan hal qilish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar