Turkiya O’zbekistonda terrorizmga qarshi kurash bo’yicha trening mashg’ulot o’tkazmoqda

Turkiya Respublikasi Jandarmeriya Bosh qo'mondonligi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamkorligida trening mashg'ulotlar boshladi.

Turkiya O’zbekistonda terrorizmga qarshi kurash bo’yicha trening mashg’ulot o’tkazmoqda

Turkiya Respublikasi Jandarmeriya Bosh qo'mondonligi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamkorligida trening mashg'ulotlar boshladi.

Jandarmeriya Bosh qo'mondonligi va Milliy gvardiya hamkorligida Turkiya xamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining qo’llab-quvvatlashi bilan Jizzaxning “Forish” poligoni bazasida boshlagan trening mashg’ulot uchun alohida ochilish marosimi uyushtirildi.

Mazkur marosimda nutq so’zlagan Milliy gvardiya yetakchilaridan Shuxrat G’aniyev, oxirgi vaqtlarda ikkala mamlakat o’rtasidagi strategik munosabatlarning borgan sayin mustahkamlanib borayotganligini eslatgan holda, shu doirada Turkiya va O’zbekiston o’rtasidagi harbiy munosabatlarning ham rivojlanganligini qayd etdi.

G’aniyev mazkur mashg’ulotning ikki mamlakat hamkorligining konkret namunasi ekanligini ham ta’kidlagan holda, mamlakatning mudofaa va harbiy salohiyatining ham yana-da rivojlanishi va o’zaro tajriba almashishiga ijobiy hissa qo’shajagini ifoda etdi.  

Turkiyaning Toshkent elchixonasining harbiy atteshesi polkovnik Mustafa Balo’g’li esa Jandarmeriya Bosh qo'mondonligi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi oliy darajali hay’atlarining o’zaro tashriflari natijasida tomonlar o’rtasidagi hamkorlikning borgan sayin mustahkamlanib borayotganligini qayd etgan holda, mazkur hamkorlikning yana-da rivojlanib borishini tiladi.

TIKAning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Ali Ihsan Chag’lar ham bu mashg’ulotning yo’lga qo’yilishi uchun hissa qo’shganliklaridan qanchalik xursand ekanliklarini ifoda etdi.

Chag’lar shuningdek, bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida to’qnashuvlarning yana-da ortganligini eslatgan holda, mazkur trening mashg’ulotning ahamiyatini ta’kidladi.

Mingboshi Ug’ur Arslan esa 2 hafta mobaynida ota yurti O’zbekistonda, kasbdoshlari bilan birgalikda terrorga va portlaguvchi moddalarga qarshi kurash bo’yicha trening mashg’ulot o’tkazish doirasida tajriba almashajaklarini qayd etti.

Turkiya nomidan 6 nafar mutaxassis ishtirok etgan mazkur mashg’ulot 17-avgustgacha davom etadi.

 



Aloqador xabarlar