Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha Rossiyaning Krasnoyarsk shahridagi aviahalokat tufayli Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Bu haqida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.

Aytib o’tish joizki kecha Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida Mi-8 rusumidagi vertolyot qulab tushgan.

Ma’lumotga ko’ra vertolyot bortida 3 ekipaj va 15 yo’lovchi bor edi.  Halokat oqibatida esa ularning hammasi yani 18 kishi jon bergan.

Qayd etilishicha Krasnoyarsk shahrida joylashgan Utair aviakampaniyasiga oid bo’lgan vertolyot ko’tarilganidan keyin ko’p o’tmay katta tezlik bilan yerga qulab tushgan.

Qulashi bilan portlab ketgan vertolyotdagi barcha yo'lovchilar va ekipaj a’zolari jon bergan.

Tegishli vakillar Krasnoyarskdagi Igarka aeroportidan ko’tarilgan vertolyotning uchuvchi xatosi yoki texnik nosozlik tufayli qulab tushgan bo’lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Qutqaruv guruhlari vertolyotning ikkita qora qutisini topishga erishishgan.


Tanlangan kalimalar: Vladimir Putin , Shavkat Mirziyoyev

Aloqador xabarlar