O'zbekistonda investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror olindi

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida" farmon imzoladi.

O'zbekistonda investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror olindi

O’zbekiston hukumati mamlakatga sarmoya kiritmoqchi bo’lgan xorijlik investorlarga har tomonlama qulay imkoniyatlar yaratmoqda.

Jumladan, xorijlik ishbilarmonlar uchun yo'l ishlari, kommunikatsiyalar, uy-joy qurilishi, sog'liqni saqlash sohalariga sarmoya kiritish, fabrikalar ochish, turli sarmoya kiritish, ko'p ishlar qilish uchun imkoniyatlar, shart-sharoitlar yaratilmoqda.

O’zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga binoan, O‘zbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ko‘p martalik uch yillik viza olish va uning amal qilish muddatini O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish huquqi berildi.

Mazkur qarorga binoan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdori 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirildi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ishtirokchisi sifatida xorijiy yuridik shaxs qatnashishi shartligi to‘g‘risidagi talab ham bekor qilindi.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdori 600 million so‘mdan (kamida 76 ming dollar) 400 million so‘mgacha (50 ming dollarga) kamaytirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mamlakat iqtisodiyotining ustuvor sohalariga katta miqdorda investitsiya kiritgan chet el fuqarolariga “Faxriy fuqaro” maqomini berish tartibini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritishi talab qilindi.



Aloqador xabarlar