O'zbekistondan xabarlar 31-qism

Tojikistonnnig “Somon Air”milliy aviakompaniyasi Buxoroga birinchi parvozini amalga oshirdi.

O'zbekistondan xabarlar  31-qism

 

Tojikistonnnig “Somon Air”milliy aviakompaniyasi Buxoroga birinchi parvozini amalga oshirdi.

“Somon Air” kompaniyasidan ma'lum qilishlaricha, kompaniya “Dushanbe - Buxoro” yo`nalishidagi muntazam reysni yo`lga qo`ydi. İlk parvoz 28 iyul kuni Boeing samolyotida amalga oshirildi. Parvoz davomiyligi 45 daqiqani, narxi 72 esa dollarni tashkil qildi.

Bu Tojikiston aviakompaniyasining Buxoroga amalga oshirilgan tarixdagi birinchi parvozi bo`ldi.

Tojikistonning yana bir Tajik Air aviakompaniyasi esa Dushanbe - Samarqand yo`nalishida parvozni yo'lga qo'ydi.

Tajik Air Milliy avikompaniyasi 28 iyul kuni ertalab “Dushanbe - Samarqand” yo`nalishidagi muntazam reysni yo`lga qo`ydi. Parvoz Boeing avilaynerida amalga oshirildi.

Aviakompaniya matubot kotibi Aziz Xayrulloevning ma'lum qilishicha, bir yo`nalish uchun chipta narxi esa 72 dollarni tashkil etadi.

Mazkur yo`nalishdagi navbatdagi reys 4 avgust kuni amalga oshiriladi.

Ma'lumki, O`zbekistonning Milliy aviakompaniyasi "O`zbekiston havo yo`llari" o`tgan yilning aprel oyidan boshlab 25 yillik tanaffusdan so`ng Tashkent - Dushanbe avia qatnovlarini amalga oshirib kelmoqda. 

O`zbekiston va Frantsiya iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi.

Savdo - iqtisodiy hamkorlik bo`yicha O`zbekiston - Frantsiya Hukumatlararo komissiyasi yettinchi yig`ilishini o`tkazdi.

Frantsiya Tashqi ishlar vazirligida Savdo - iqtisodiy hamkorlik bo`yicha O`zbekiston - Frantsiya Hukumatlararo komissisiyaning yettinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Bu xaqda O'zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Yig`ilishda ikki mamlakat rasmiy, ishbilarmon va ekspert doiralarining 50 dan ortiq vakili ishtirok etdi.

O`zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir o`rinbosari Suxrob Xolmurodov, Frantsiya tomoniga esa tashqi ishlar vaziri Jan - Iv Le Drian boshchilik qildi.

Frantsiya tashqi ishlar vazirligi rahbari bugungi kunda ikki davlat diplomatik munosabatlarida yangi sahifalar ochilayotganini ta`kidlab o`tdi.

Jan - Iv Le Drian, Toshkentning Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta`minlash, jumladan Afg`onistonda barqarorlikni ta`minlash borasidagi mintaqaviy siyosatini to`liq qo`llab - quvvatlashini ma`lum qildi.

Frantsiya tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Jan Batist Lemuan esa, o`z mamlakatining aviatsiya va sanoatning boshqa turlari, neft - gaz va qazib olish sektori, to`qimachilik va qishloq xo`jaligi kabi yo`nalishlardagi qo`shma loyihalarni amalga oshirishda O`zbekistonga yordam ko`rsatishga tayyor ekanini bildirdi.

Suxrob Xolmurodov va Oliy Majlis Senati raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev O`zbekistondagi joriy ijtimoiy - iqtisodiy vaziyat va xorijiy investorlar uchun sharoitlar to`g`risida yig`ilganlarni boxabar qildi.

Tadbir doirasida O`zbekiston tomonidan Milliy bank, Davlat turizm qo`mitasi, Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi va bir qator kompaniyalar taqdimot o`tkazdi.        

Toshkentda "Markaziy Osiyo - Amerika Qo'shma Shtatlari" hamkorligi shaklining Xavfsizlik bo`yicha ishchi guruhi navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.

O'tgan xaftada Toshkent shaxrida "Markaziy Osiyo - Amerika Qo'shma Shtatlari hamkorligi shaklining Xavfsizlik bo`yicha ishchi guruhi navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.

Bu xaqda O'zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Tadbirda Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari va Amerika Qo`shma Shtatlari vakillari ishtirok etdi.

Majlis chog`ida mintaqaviy va xalqaro xavsizlik masalalari, jumladan ekstremizm, terrorizm xatarlari bilan kurashish, chegaralar xavfsizlikgini ta`minlashdagi hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Afg`onistondagi vaziyatni hal qilish sohasidagi hamkorlik holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Majlis ishtirokchilari Markaziy Osiyodagi barqaror rivojlanish qo`shni Afg`onistonda tinchlik va birdamlik ta`minlanishi bilan chambarchas bog`liq ekanligini qayd etdilar.

Ma'lumki, Markaziy Osiyo va Amerika Qo'shma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining 2015 yil noyabr oyida Samarqand shahrida asos solingan "C5+1" shakli siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, transport - kommunikatsiya, energetik aloqalar hamda transchegaraviy xavf - xatarlarni oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi o`zaro manfaatli hamkorlikni yaxshilash masalalariga qaratilgan maslahatlashuv mexanizm hisoblanadi.        

O`zbekiston va Qozog`iston davlat chegarasi bo`yicha navbatdagi muzokaralarni o`tkazdi.

Shu yilning 23 - 27 iyul kunlari Qozog'istonning Olmaota shahrida O`zbekiston Respublikasi va Qozog`iston Respublikasi o`rtasidagi Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo`yicha O`zbekiston - Qozog`iston muzokaralarining navbatdagi raundi bo`lib o`tdi.

Bu xaqda O'zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Yig'ilishda delegatsiyalar tomonidan O`zbekiston - Qozog`iston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo`yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini kelishish davom ettirildi, birgalikdagi dala tekshiruvlari natijalari ko`rib chiqildi.

Yig'ilishda istiqbolda birgalikda o`tkaziladigan dala tekshiruvlari Reja jadvali dastlabki loyihasi tayyorlandi.

Tomonlar shuningdek, muzokaralarning navbatdagi raundini O`zbekiston Respublikasida o`tkazish bo'yicha kelishib oldi.

         

 


Tanlangan kalimalar: So'nggi yangilklar , O'zbekiston

Aloqador xabarlar