BMTning Tinchlikparvar qo’mitasining vazifa muddati uzatilishi mumkin

Kiprdagi BMTning Tinchlikparvar qo’mitasining vazifa muddatining yana 6 oy uzatilishini talab qilgan qaror loyihasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilindi.

BMTning Tinchlikparvar qo’mitasining vazifa muddati uzatilishi mumkin

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi Kirp muammosini hal qilish uchun tomonlarni siyosiy irodasini o’rtaga qo’yishga chaqirib, jarayonni tezlashtirishini talab qildi.

Kiprdagi BMTning Tinchlikparvar qo’mitasining vazifa muddatining yana 6 oy uzatilishini talab qilgan qaror loyihasi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilindi.

BMTXK, BMTning Tinchlikparvar qo’mitasining vazifa muddatini 2019-yilning 31-yanvarigacha uzatish haqida qaror qabul qildi.

Kengash rahbari Olof Skoog shu haqida jurnalistlarga bergan bayonotida, qarorda shuningdek tomonlarning, siyosiy irodasini o’rtaga qo’yishga chaqirilib, jarayonni tezlashtirishi talab qilinganligini qayd etdi.

BMTning eng uzoq muddatli faoliyat olib borgan Tinchlikparvar qo’mitalaridan biri bo’lgan UNFICYP, 1964-yildan beri orolda xizmat qilmoqda va vazifa muddati yana 6 oy uzatilish arafasida.

Lekin AQSh Kiprdagi BMT Tinchlikparvar qo’mitaning o’zgartirilishini talab qilmoqda.

Trump boshqaruvi Kiprdagi Tinchlikparvar qo’mitaning o’zgartirilishini va qo’mitadagi tinchlikparvar askarlar sonining kamaytirilishini talab qilmoqda.  

AQSh variantlaridan yana biri esa Kiprdagi Tinchlikparvar qo’mitaning butunlay yopilishidir.

Lekin diplomatik manbaalardan Angliya, Fransiya, Rossiya va Xitoyning hech qaysi variantni qo’llab-quvvatlash niyati yo’qdek.

Kiprning grek tomoni ham UNFICYPning cheklanishi yoki butunlay yopilishi ehtimolidan tashvishga tushar ekan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, “qo’mita o’z kuchini ancha yo’qotdi” degan fikrda.

BMTning eng uzoq muddatli faoliyat olib borgan tinchlikparvar qo’mitalaridan biri bo’lgan UNFICYP tarkibida roppa-rosa 1021 kishi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 750 nafari harbiy qism, 52 nafari esa harbiy qism shtab boshlig’idan iboratdir.

 



Aloqador xabarlar