O’zbekiston va Qozog’iston qurolli kuchlari qo’shma harbiy mashg’ulot o’tkazmoqda

“Qo’shma harbiy mashg’ulotlarning 1-bosqichi 10-16 iyulda Qozog’istonning Matibuloq harbiy poligonida, 2-bosqichi esa, O’zbekistonning tog’liq Farish poligonida o’tkaziladi”,-deyiladi ma’lumotda.

1018681
O’zbekiston va Qozog’iston qurolli kuchlari qo’shma harbiy mashg’ulot o’tkazmoqda

O’zbekiston va Qozog’iston qurolli kuchlari qo’shma harbiy mashg’ulot o’tkazmoqda.

Bu haqda O’zbekiston mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

“Qo’shma harbiy mashg’ulotlarning 1-bosqichi 10-16 iyulda Qozog’istonning Matibuloq harbiy poligonida, 2-bosqichi esa, O’zbekistonning tog’liq Farish poligonida o’tkaziladi”,-deyiladi ma’lumotda.

O’zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov va Qozog’iston mudofaa vaziri Saken Jasuzakov ishtirokida olib borilayotgan qo’shma mashg’ulotlarda tog’liq chegara hududlariga joylashgan terrorist guruhlarni aniqlab ularni yo’q qilish, yuklarni xavfsiz joyga yetkazish va yaradorlarni evakuatsiya qilish kabi faoliyatlar amalda ijro etiladi.

Mashg’ulotlarda qurol-aslaha va harbiy texnikalardan tashqari, “Su-25” harbiy samolyoti va “Mi-24” vertolyoti ham ishtirok etmoqda.

Harbiy mashg’ulotlarda berilgan vazifalar o’zbek va qozoq askarlar tomonidan muvaffaqiyatli ado etilmoqda.

Tomonlar kelgusida keng ko’lamli bunday harbiy mashg’ulotlarni muntazam ravishda o’tkazishga kelishib oldilar.

Qo’shma harbiy ta’lim mashg’ulotlari doirasida O’zbekiston qurolli kuchlariga tegishli qurol-aslaha va harbiy texnikalar ham namoyish qilinmoqda.

Qozoq askarlar mashg’ulotdan tashqari yo’lga qo’yilgan faoliyatlar doirasida Samarqand shahriga sayohat qilib, u yerdagi tarixiy maskanlar bilan tanishdilar.

Eslatma: 2017 yil avgust oyida O’zbekiston va Qozog’iston mudofaa vazirliklari tarixda birinchi bor ikki davlat qurolli kuchlari o’rtasida harbiy hamkorlik to’g’risidagi shartnomaga imzo chekkan edi.

Fevral oyida esa, ikki davlat o’rtasidagi harbiy-texnikaviy sohalarda hamkorlik shartnomasi kuchga kirgan edi.

 



Aloqador xabarlar