Prezident Shavkat Mirziyoyev Joseph Votelni qabul qildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo’shma Shtatlari Qurolli kuchlari Markaziy qo’mondonligi qo’mondoni general Joseph Votelni qabul qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Joseph Votelni qabul qildi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo’shma Shtatlari Qurolli kuchlari Markaziy qo’mondonligi qo’mondoni general Joseph Votelni qabul qildi.

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha qabulda Mirziyoyev, O’zbekiston va AQSh o’rtasidagi strategik sheriklik va ko’p qirrali hamkorlik ayniqsa siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, texnologik, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarning jadal rivojlanayotganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etgan.

Uchrashuvda xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik sohalaridagi o’zaro aloqalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Mintaqada barqarorlikka tahdid solayotgan zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi kurash, shuningdek, Afg’onistondagi vaziyatni tinch yo’l bilan hal etishning dolzarb masalalari muhokama qilingan.

AQSh Prezidenti Donald Trumpning salomi va ezgu tilaklarini Mirziyoyevga yetkazgan General Joseph Votel,  AQShning joriy yilning mart oyida Toshkent shahrida O’zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan o’tkazilgan Afg’oniston bo’yicha xalqaro konferentsiya yakunlarini yuksak baholashi va qo’llab-quvvatlashini qayt etgan.

Qabulda, Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikning ta’minlanishining, savdo-iqtisodiy hamkorlikning rivojlantirilishi, Afg’oniston va butun Markaziy Osiyo davlatlarining manfaatlari yo’lida yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun keng ko’lamli imkoniyatlar yaratishi ifoda etilgan.

Muloqot yakunida O’zbekiston Prezidentining AQShga kutilayotgan rasmiy tashrifi O’zbekiston-Amerika hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishi, o’zaro manfaatli hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitishiga qat’iy ishonch bildirilgan.

Aytib o’tish joizki O’zbekiston Respublikasi Prezidentlik apparati Matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha Prezident Shavkat Mirziyoyevning 15-17 may kunlari AQShga bo’lgan birinchi amaliy tashrifi chog’ida, “O’zbekiston va Amerika Qo’shma Shtatlari: strategik sheriklik yangi davrning boshlanishi” deb nomlangan Qo’shma bayonotni imzolashi kutilmoqda.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar