UNESCOda birinchi marotaba turk tilida forum uyushtirildi

Xalqaro Turk akademiyasi rahbarining qayd etishicha forumda yo’qolib ketish xavfi ostidagi tillardan sariq uyg’ur tili, shor tili, tuva tili, oltoy tili, karay, kashkay va nogay tillari vakillari ham o’z ona tillarida ma’ruza qilganlar.

964149
UNESCOda birinchi marotaba turk tilida forum uyushtirildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat sohasidagi tashkiloti UNESCOda birinchi marotaba turk tilida forum uyushtirildi.

Xalqaro Turk akademiyasi rahbari Darhan Qidirali, Fransiya poytaxti Parijda haftaning dushanba kuni “Manaviy yangilanish va madaniy meros: O’tmishdan kelajakka turk tili” deb nomlangan forum uyushtirganliklarini ma’lum qildi.

Mazkur forumda dunyoning 16 davlatidan olimlarning ishtirok etganligini ifoda etgan Qidirali,

“UNESCOda birinchi marotaba bir yig’ilish, boshidan oxirigacha turk tilida o’tkazildi. Ma’ruzachilarning ko’pchiligi turk tilida ma’ruza qildi. Vaqt o’tishi bilan bunday yig’ilishlarning ortishi orqali turk tilining UNESCOda tez-tez foydalanilgan tillardan biriga aylanishiga ishonchimiz komil” deya gapirdi.

Qidirali, turk tilining qadimiy tillardan biri ekanligini, Oltoydan O’rta yer dengiziga, Baykaldan Bolqonlargacha keng hududda foydalanilganligini qayd etdi.

Darhan Qidirali turk tilining Ching’iz Aytmatovdek dunyo adabiyotiga hissa qo’shgan buyuk yozuvchilarni ulg’aytirgan boy til ekanligiga e’tibor qaratdi.

Xalqaro Turk akademiyasi rahbarining qayd etishicha forumda yo’qolib ketish xavfi ostidagi tillardan sariq uyg’ur tili, shor tili, tuva tili, oltoy tili, karay, kashkay va nogay tillari vakillari ham o’z ona tillarida ma’ruza qilganlar.



Aloqador xabarlar