O'zbekistondan xabarlar 16-qism

O`zbekiston Tojikistonga gaz etkazib berishni qaytadan yo`lga qo`ydi.

952650
O'zbekistondan xabarlar 16-qism

 

O`zbekiston Tojikistonga gaz etkazib berishni qaytadan yo`lga qo`ydi.

O`zbekiston 2012 yildan beri ilk bor Tojikistonga gaz etkazib berishni boshladi.

Bu xaqda "Tojiktransgaz" kompaniyasi bosh direktori o`rinbosari Shavkat Shoimov, matbuotga bergan intervyusida ma'lum qildi.

İkki mamlakat o'rtasida imzolangan shartnomaga asosan, Tojikistonga joriy yilda umumiy narxi 15 million dollarlik 126 million kub metr gaz etkazib berilishi ko`zda tutilgan.

Ayni paytda Tojikistonga o`tkazuvchanlik xususiyati kuniga 125 ming kub metr bo`lgan "Muzrobod-Dushanbe" gaz quvurining ikki tarmog`i orqali gaz etkazib berilmoqda.

Etkazib berilayotgan gaz Tojikistonning Tursunzoda tumanini to`liq ta`minlaydi.

Ma'lumki, Tojikistonga tabiiy gaz eksporti bo`yicha shartnoma O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mart oyida qo`shni mamlakatga qilgan safari vaqtida imzolangan edi.

 

            O`zbekistonda yana bir erkin iqtisodiy zona tashkil qilinadi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni "Sirdaryo" erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to`g`risidagi farmonni imzoladi.

Yangi erkin iqtisodiy zona bazasida faoliyat ko'rsatadigan firmalar investitsiya hajmidan qat`iy nazar turli soliq va davlat jamg`armalarga ajratmalardan ozod qilinadi.

Ushbu erkin iqtisodiy zona "Jizzax" erkin iqtisodiy zona filiali qoshida Sirdaryo viloyatiing Sirdaryo tumani Yangiyer shahrining kichik sanoat zona hududida tashkil qilinadi.

Yangi erkin iqtisodiy zona ish faoliyati 30 yil belgilanib, bu muddat kelgusida uzaytirilishi mumkin. Shu vaqt mobaynida erkin iqtisodiy zonada maxsus soliq va bojxona tartiblari amal qiladi.

Erkin iqtisodiy zonada joylashgan barcha firmalar investitsiya hajmidan qat`iy nazar turli muddatlarga er, daromad, mulk va boshqa soliqlaridan, shuningdek maqsadli davlat jamg`armalariga majburiy ajratmalarini o`tkazishdan ozod qilinadi.

Bundan tashqari, erkin iqtisodiy zona faoliyati davomida firmalar tomonidan olib kirilgan xom-ashyo, materiallar va butlovchi qismlar bojxona to`lovlaridan ozod qilinadi.

Malumki, hozirgi kunda O`zbekistonda 14 ta erkin iqtisodiy zonalar faoliyat ko`rsatayotgan bo'lib, ularda jami qiymati 512 million dollarlik 69 loyihalar amalga oshirildi.

            Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev telefon orqali muloqot qildi.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni prezidentlikka qayta saylangani bilan tabriklab, uni O`zbekistonga taklif qildi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. O`zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, davlat rahbari Ilhom Aliyevni o'tgan xaftada bo`lib o`tgan Ozarbayjon Prezidenti saylovida ishonchli g`alabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.

Saylov natijalari qardosh ozarbayjon xalqi Ilhom Aliyevni keng qo`llab - quvvatlashi va unga ulkan ishonch bildirishini, davlat rahbarining shaxsiy xizmatlari hamda mamlakatda barqarorlikni, izchil iqtisodiy taraqqiyotni ta`minlash, xalqaro nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan samarali siyosatni yusak baholashini yana bir bor namoyon etgani alohida ta`kidlandi.

Turli darajadagi faol muloqotlar ikki tomonlama o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirib, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani qayd etildi.

Davlatlar rahbarlari, shuningdek, O`zbekiston - Ozarbayjon ko`p qirrali hamkorligi, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Muloqot yakunida Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni O`zbekistonga davlat tashrifi bilan kelishga taklif etdi. Ozarbayjon prezidenti davlat rahbariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar uchun chuqur minnatdorlik bildirib, O`zbekistonga tashrif bilan kelish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.

            Afg`oniston o`z yuklarini O`zbekiston orqali Xitoyga tranzit o'tkazishga kelishib oldi.

Afg`oniston transport vaziri Muxammad Xamid Taxmasi O'zbekistonda bir qator uchrashuvlar o'tkazdi.

O'zbekiston Tashqi Savdo Vazirligida ma'lumotlariga ko'ra, Afg`oniston transport vaziri Muxammad Xamid Taxmasi O'zbekiston Tashqi Savdo Vazirligida muzokaralar o`tkazdi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ikki davlatlarning tranzit sohasidagi salohiyatini oshirish bo`yicha olib borilayotgan ishlar ahamiyati haqida ta`kidlab o`tildi.

Muzokaralar natijasida, Afg`onistonning o`z yuklarini O`zbekiston orqali Xitoyga tranzit o'tkazishi borasida kelishib olindi.

Tashqi savdo vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, yuklarni tashish uchun Toshkent - Andijon - O`sh - Irkentam - Qashg`ar yangi transport koridoridan foydalaniladi. Qirg`izistondagi Sari - Tosh qishlog`idan o`tadigan yo`l va Irkeshtam davoni Farg`ona vodiysidan Xitoyga eng qisqa avtomobil yo`l hisoblanadi.

Afg`oniston o`z yuklarini Mozori- Sharifdan Andijongacha barpo etilgan temir yo`l orqali jo`natmoqchi. So`ng ularni O`zbekiston va Qirg`iziston orqali avtomobil tranzit koridori orqali Qashg`arga jo`natish uchun yuk tashuvchi mashinalarga yuklanadi.

Mazkur yo'nalishda qo`shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Andijon viloyatida Axtachi stantsiyasida trasport - logistika markazi tashkil qilindi. Ushbu markaz O`zbekistonning barcha viloyatlardan temir yo`l transportida kelgan yuklarni avtotransportga yuklab, Xitoyga jo`natish imkoniyatiga ega.

Uchrashuvda tomonlar shungdek, "Termez kargo" xalqaro logistik markazi orqali Afg`oniston firmalari tomonidan etishtirilgan meva va sabzavotlarni uchinchi mamlakatlar uchun qayta ishlash va eksport qilish uchun saralash va qadoqlash liniyalari bilan ta`minlash bo`yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

           

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Xabarlar

Aloqador xabarlar