Ozarbayjonda saylov g'olibi takror Ilhom Aliyev...

Ozarbayjon markaziy saylov komissiyasi ma'lumotiga ko'ra, amaldagi prezident Ilhom Aliyev 86.09% ovoz olib takror 7 yillik muddatga prezident etib saylandi.

Erdoğan-aliyev.jpg

Ozarbayjonda bo’lib o’tgan muddatdan tashqari prezidentlik saylovlarida ilk natijalarga ko’ra, amaldagi prezident Ilhom Aliyev 86.09% ovoz olib takror 7 yillik muddatga prezident etib saylandi.

Ozarbayjon markaziy saylov komissiyasi rahbari Mezohir Penahov bu haqda ma’lum qildi.

Penahov matbuotga bergan brifingda, norasmiy natijalarga ko’ra, Ilhom Aliyev saylovda 86.09% ovoz olib raqiblariga nisbatan g’alaba qozonligini ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Ozarbayjon Yagona Xalq fronti partiyasidan nomzod Kudrat Hasanguliyev saylovda 3.4% ovoz olgan holda ikkinchi o’rinni egallagan. Mustaqil nomzod Zohid Oruch esa, 3.07% ovoz olgan holda uchinchi o’rinni egallagan.

Ozarbayjonda 5314365 kishi ovoz berish huquqiga ega bo’lib, ulardan 74,51%, ya’ni 3959553 saylovchi saylovda ishtirok etgan.

Saylov natijalari e’lon qilingach, Ilhom Aliyev xalqning huzuriga chiqdi va ularga minnatdorlik bildirdi.

“Ozarbayjon xalqi bu saylovlarda barqarorlik, xavfsizlik, taraqqiyot va rivojlanish uchun ovoz berdi”,-dedi Ilhom Aliyev xalqqa hitobida.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an birinchilardan bo’lib, Ilhom Aliyevga qo’ng’iroq qildi va uni g’alabasi bilan tabrikladi.

Turkiya prezidentlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Erdo’g’an Aliyevga Ozarbayjondagi saylovlarning tinch-totuvlik bilan o’tkazilganligidan mamnun ekanligini tilga olgan.

Erdo’g’an prezidentlik saylovida 4-marta g’alaba qozonganligi munosabati bilan Aliyevni samimiy tabrikladi.



Aloqador xabarlar