Va nihoyat THY Istanbul-Samarqand yo’nalishi bo’yicha qatnov boshlatdi

Bu orqali UNESCOning Dunyo meros ro’yhatida o’rin olgan Samarqand shahri dunyoning 121 davlatidan tashrif buyuradigan sayyohlarga o’z darvozasini ochdi.

931820
Va nihoyat THY Istanbul-Samarqand yo’nalishi bo’yicha qatnov boshlatdi

Turk Havo yo’llari Istanbul-Samarqand yo’nalishi bo’yicha muntazam ravishda havo qatnovi boshlatdi.

Istanbul-Samarqand qatnovining boshlashi tufayli Samarqand aeroportida marosim uyushtirildi.

Istanbul aeroportidan ko’tarilgan uchoq Samarqand aeroportida xursandchilik bilan kutib olinar ekan Samarqandga borgan Turk hay’atiga ham aeroportda gullar taqdim etildi.

Marosimda THY Bosh direktori Bilol Ekshi; Turkiya Respublikasi Oziq-ovqat, qishloq-xo’jaligi va chorvachilik vaziri o’rinbosari Mehmet Danish; Samarqand shahar hokimi Furqat Rahimov va Turkiya Respublikasining O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ahmet Bashar Shen ham ishtirok etdi.

Marosimda nutq so’zlagan Samarqand shahar hokimi Rahimov, ikki mamlakat davlat rahbari tomonidan qabul qilingan qaror asosida ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatning rivojlanayotganligiga e’tibor qaratgan holda, O’zbekiston Havo yo’llarining o’tgan yili Samarqand-Istanbul yo’nalishi bo’yicha qatnov boshlatganligini, bugun esa Turk Havo yo’llarining bu yo’nalishdagi birinchi uchog’ini Samarqandga qondirganligini qayd etdi.

Rahimov, THYning tarixiy Samarqand shahriga qatnov boshlatganligi uchun xursand ekanliginligini tilga olar ekan bu qatnovlarning ikkala mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi bilan birga Samarqandga tashrif buyuradigan sayyohlar sonining ortishiga ham ijobiy hissa qo’shajagini belgilab o’tdi.

THY: “Madaniyatlarni birlashtirishni davom etamiz”.

Bilol Ekshi ham dunyoning eng ko’p davlatiga qatnagan havo yo’li unvoniga ega bo’lgan THYning Istanbul-Samarqand yo’nalishidagi birinchi safaridan xursand ekanliklarini qayd etgan holda, “Bugungi kunda Islom dunyosining sharqidagi marvarid hisoblangan Samarqand bilan madaniyatimizning g’arbdagi marvaridi Istanbulni to’g’ridan-to’g’ri qatnovlar orqali bir-biriga bog’layapmiz. Samarqand bilan birga qatnov nuqtalarimiz 302 ga chiqdi. Dunyoning 121 davlati bilan dunyoning eng ko’p davlatiga qatnagan havo yo’li sifatida qit’alarni, madaniyatlarni birlashtirshni davom etamiz” dedi.  

Mazkur to’g’ridan qatnovlar orqali UNESCOning Dunyo meros ro’yhatida o’rin olgan Samarqand shaharining dunyoning 121 davlatidan tashrif buyuradigan sayyohlarga o’z darvozasini ochganligini qayd etgan Bilol Ekshi madrasalari, muzeylari, rasadxonalari bilan arxitektura sohasida shox asarlarni o’z ichiga qamrab olgan bu ajoyib shaharning eng qisqa vaqt ichida turizm tarmog’ida katta yutuqlarni qo’lga kiritishiga ishonchi komil ekanligini belgilab o’tdi.

Bilol Ekshi, THYning 1992-yildan beri davom etgan qatnovlari orqali ikki do’st va qardosh davlat o’rtasidagi munosabatni mustahkamlaganligini qayd etgan holda, bir haftada 7 marta Toshkent va bir haftada 2 marta Samarqand qatnovi yo’lga qo’yganliklarini va eng qisqa vaqt ichida buni 3 ga chiqarish orqali uzoqlarni yaqin qilishni davom etajaklarini ta’kidladi.  

Bu hafta yangilangan aviaqatnov shartnomasining ikki mamlakat o’rtasidagi havo yo’li ko’prigini yana-da mustahkamlashini va qatnov soni bilan birga qatnov nuqtalarining ham ortajagini qayd etgan Ekshi, o’z so’zini quyidagicha davom etdi:

“Yurtimizning yuzinchi yilligi yani 2023-yildan e’tiboran 120 million yo’lovchi va 500 uchoqlik flot degan rejalarimiz tomon qarorlilik bilan shaxdam qadamlar ila ilgarilamoqdamiz. Boy tarix va madaniy merosga ega bo’lgan shaharlamizdan biri hisoblangan sharqning marvaridi Samarqandning qisqa vaqt ichida dunyo tadqiqotchilariga to’lajagiga ishonchimiz komil. Bu ajoyib shaharni global qatnov tarmog’imizga qo’shishdan baxtiyormiz. Turkiya bayrog’ini tashigan havo yo’li sifatida mehmonlarimizni, Turk mehmondo’stligi bilan qatnovlarimizda mehmon qilish uchun sabrsizlanayotganligimizni yetkazmoqchiman” dedi.    



Aloqador xabarlar