O'zbekistondan xabarlar 3-qism

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo davlatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashdi.

O'zbekistondan xabarlar 3-qism

O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo davlatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashdi.

O'tgan xaftada Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg`iziston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidiqov, Tojikiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sodiq Imomi, Turkmanistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Shiri Shiriev va Qozog`iston Respublikasi Muvaqqat ishlar vakili Mursal-Nabi Tuyakbaevni qabul qildi.

Bu haqda, O'zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil sentyabrda Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va noyabrda Samarqand shahrida bo'lib o'tgan xalqaro konferentsiya minbarlaridan ilgari surgan Markaziy Osiyo davlatlarining ko`p qirrali hamkorligini rivojlantirish bo`yicha tashabbuslarini amalga oshirish yuzasidan O`zbekiston takliflari bilan Tashqi İshlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo davlatlarining Toshkentdagi diplomatik vakolatxonalar rahbarlarini tanishtirdi.

Tomonlar shuningdek, mintaqa kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashdi.

Malumki, O'zbekiston respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, o'tgan yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi va Samarqand shahrida bo'lib o'tgan xalqaro konferentsiya minbarlaridan Markaziy Osiyo davlatlari raxbarlarining konsultativ uchrashuvlarini tizimli ravishda o'tkazilishi taklifini ilgari surgan edi.

O'zbekiston hukumati Afg`onistonga Prezindent Shavkat Mirziyoyev tomonidan sovg`a qilgan avtobus va traktorlar topshirdi.

Shu yilning 10 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi prezidentining Afg'oniston masalalari bo'yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev boshchiligidagi delegatsiya Afg`onistondagi Hayraton shahriga tashrif bilan bordi.

Tashrif doirasida, O'zbekiston delegatsiyasi Afg`oniston tomoniga 25 ta avtobus, 3 traktor va qishloq xo`jaligi bo`yicha boshqa texnikani beg`araz asosda topshirish marosimida ishtirok etdi.

Tadbirda afg`on tomonidan Afg`oniston Islom Respublikasi prezidenti devonining moliya boshqarmasi boshlig`i Ahmad Vafo Amin, transport vaziri Muhammad hamid Taxmosi, ta`lim vaziri o`rinbosari Ahmadseyr Mahjur, Balx viloyati gubernatori o`rinbosari Muhammad Bashir Tavhidiy, Afg`onistonning shimoliy viloyatlaridagi jamoatchilik va biznes doiralar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so'zga chiqqan Ergashev o`z nutqida ikki mamlakat xalqlari o`rtasidagi an`anaviy tarixiy do`stlik aloqalarini qayd etib, O`zbekiston rahbariyati yaxshi qo`shnichilik munosabatlarini rivojlantirish va mustahkamlash, barcha sohalarda qardosh Afg`oniston bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga ustuvor ahamiyat berayotganini ta`kidladi.

Ergashev, shuningdek O`zbekistonning Afg`onistonda tinchlik va barqarorlik o`rnatilishidan manfaatdor ekanini bildirdi va O'zbekistonning qo`shni davlatning iqtisodiy va transport infratuzilmasini tiklashga yordam berishda davom etishini aytdi.

O`zbekiston tomonidan berilgan avtobuslar afg`on maktablariga va Hayraton shahri ma`muriyatiga topshirildi.

            O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi.

10 yanvar kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Dushanbega rasmiy tashrif bilan borgan O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi.

Bu haqda Tojikiston prezidentining matbuot xizmati ma`lum qildi.

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat o'rtasidagi aloqalarning xozirgi xolati va uni rivojlantirish bilan bog'liq masalalarni muhokama qildi.

Bunday uchrashuvlarning o`tkazilishi ikki do`st va qardosh mamlakatlarning o`zaro munosabatlari yanada mustahkamlanishi yo`lida muhim omil bo`layotgani ta`kidlandi.

Uchrashuv davomida savdo cheklovlarini bartaraf qilish bilan bog`liq masalalar, fuqarolarning o'zaro borish-kelishlarini soddalashtirish, tovarlarni tashish uchun ta`riflarni kamaytirish, ikki mamlakatni bog`lab turuvchi mavjud yo`llarni reabilitatsiya qilish, davlat chegaralari bilan bog`liq ko`plab masalalar bo`yicha kelishib olindi.

Shuningdek, suv va energetika masalasi, terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatlarning turli ko`rinishlariga qarshi birgalikda kurashish masalalari ham muhokama qilindi.

Tomonlar shuningdek, sanoat mahsulotlari ko`rgazmalarini tashkil etish, O`zbekiston hamda Tojikiston madaniyat kunlarini o'tkazish borasida xam kelishib oldi.

Dushanbeda Tojikiston-O`zbekiston hukumatlararo komissiyasi majlisi bo'lib o'tdi.

Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida Tojikiston-O`zbekiston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Majlisda, o`zbek-tojik davlat chegaralari, viza munosabatlari va tomonlarni kun tartibida turgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Yig'ilish yakunida, Tojikiston va O`zbekiston viza munosabatlari va chegara bo`yicha muammoli bo'lgan Farxod gidroelektr stansiyasi joylashgan hudud bo`yicha kelishuvga erishildi.

Erishilgan kelishuvlarga asosan yaqin orada Tojikiston va O`zbekiston o'rtasida "Fuqarolarning o`zaro safarlari to`g`risida"gi yangi hujjat imzolanadi. Unga ko`ra, ikki davlat fuqarolari O`zbekiston va Tojikistonda 1 oy muddatga viza olmasdan yurishi mumkin bo'ladi.

Bundan tashqari tomonlar yaqin orada yo`lovchi poezd va avtobus qatnovlari hamda ikki davlat o`rtasida yangi chegara nazorat o`tish nuqtalari ochishga kelishib oldi.

Chegara masalasi xam ko'rib chiqilgan yig'ilishda, tomonlar Farhod gidroelektr stansiyasi joylashgan joy Tojikiston hududi deb tan olinishi, ob'ekt esa O`zbekiston mulki hisoblanishi masalasida kelishishdi.

Abdulla Aripovning Tojikistonga tashrifi doirasida shuningdek, 8-9 yanvar kunlari Tojikiston va O`zbekiston delegatsiyasining o`zbek-tojik davlat chegaralaridagi hududlarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo`yicha ishchi guruh o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Malumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mart oyida Tojikistonga rasmiy tashrif bilan borishi rejalashtirilgan          

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov kelgusi xaftada AQShga boradi.

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 14-21 yanvar kunlari Amerika Qo'shma Shtatlariga tashrif buyuradi.

Bu haqda O'zbekiston Tashqi İshlar Vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekiston delegatsiyasi tasrif doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida BMT Xavfsizlik Kengashining "Ommaviy qirg`in qurollarini tarqatmaslik ishonch choralari" tadbirida va vazirlar darajasidagi "Xavfsizlik va taraqqiyotning o`zaro bog`liq modeli sifatida Afg`oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo`lga qo`yish" mavzusida ochiq munozaralarda ishtirok etadi. Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya shuningdek BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish va xorijiy davlatlarning bir qator tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlar o`tkazadi.

Komilov'ning tashrif dasturidan shuningdek, Vashington shahrida O`zbekiston-AQSh muzokaralarini o`tkazish ham ko'zda tutilgan.

           

 


Tanlangan kalimalar: Yangiliklar , O'zbekiston

Aloqador xabarlar