Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 47-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Turk dunyosining buyuk siymosi Yusuf Akchuraning yuksak orzulari va uning bugungi kunda turk dunyosiga ko’rsatgan ta’siri haqida so’z qilamiz.

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 47-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

1900-yillarning boshlarida turk dunyosining birlik va birdamligi, turk dunyosining ittifoqi ustida keng fikr yuritila boshladi. Turk va musulmon madaniyati g’arb madaniyatining keng tarqashi oldida o’zini-o’zi yangidan ifoda etish va tiklash say-harakati faoliyati ichiga kirdi. Boshqacha qilib aytganda 1900-yillar turk va musulmon xalqlar uchun bir uyg’onish davri bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi. Qozon shahri va shahar atrofida boshlagan diniy uyg’onish harakati vaqt o’tishi bilan ta’lim sohasidagi islohot harakati yani jadidchilik yo’lida davom etib, u XX asrning boshida esa siyosiy va milliy faoliyat sifatida katta harakatga aylandi. 1908-yili Istanbulda o’rtaga chiqqan “Yosh turklar inqilobi” rossiyalik turk olimlarini Istanbulga chaqira boshladi. Ana shu davrda Istanbul Rossiya va Turkistondan kelgan olimlarning fikriy markaziga aylandi. Usmonli davlati va rossiyalik turklar o’rtasida madaniy yaqinlik va fikr almashuvlar huddi ana shu vaqtlarda avj oldi. Qozonlik, qrimlik, kavkazlik va turkistonlik olimlar Usmonli davlatining siyosiy va madaniy hayotida muhim rol o’ynagan.

Turk dunyosida birlik va birdamlik firkri deyilganida eng avvalo albatta Yusuf Akchura yodga tushadi. Yusuf Akchura 1879-yilning 2-dekabri kuni Qozonning Simbar shahrdia tavallud topgan. Moddiy jihatdan tug’ilgan qiyinchiliklar yuzasidan 7 yoshida Istanbulga ko’chib kelishga majbur qolgan. Yusuf Akchura o’zining 59 yillik umri davomida butun dunyoni lol qoldirgan voqealarga guvoh bo’lgan turk olimidir. U turk yoshlarining rossiyalik turklar bilan mustahkam munosabatda bo’lgan davrlarda umr surgan bo’lib, bu doirada muhim faoliyatlarni amalga oshirgan. Yusuf Akchuraning fikrining rivojlantirishda pochchasi Ismoil Gaspirali alohida o’rin tutadi. Bu vaziyatni Akchura ham turli yo’llar orqali tez-tez yodga olar edi. Yusuf Akchura Ismoil Gaspiralini ajoyib o’qituvchi, buyuk yozuvchi, iste’dodli jurnalist va hech charchamagan va turklik uchun xizmat qilgan buyuk inson deb tasvirlar edi. Yusuf Akchura turklikning shimoliy qanotiga mansub bo’lish bilan birga Janubiy turklikni madaniy muhitidan olgan.

Akchura, Qrimga qaytib borganida 1904-yili “Uch tarzli siyosat” deb nomlangan mashhur maqolasini qalamga olgan va uni Qohirada chiqqan “Turk gazetasi”da chop ettirgan. Chor Rossiyasida turklarga qaratilgan tazyikning ortishi natijasida kuzatuvga olingan Akchura 1908-yili Istanbulga qaytgan. Istanbulda Turk milliyatchiligi asosiga tayangan birinchi tashkilot hisoblangan “Turk jamiyat”ining asoschilari o’rasida o’rin olar ekan universitetda ham “Turk siyosiy tarixi” darslari bera boshlaydi. 1911-yilning 18-avgusti kuni Mehmet Emin Yurdakul, Ahmet Hikmet Muftuo’g’li, Husayinzoda Ali ve doktor Oqil Muhtar beylar bilan “Turk yurti” jamiyatini tashkil etib, ayni vaqtda “Turk yurti” deb nomlangan bir jurnal ham chiqargan. Ushbu jurnalda ko’proq turk kitobxonlariga Turk dunyosini tanishtirishga harakat qilganlar. 1912-yilning 12-marti kuni esa Mehmet Emin Yurdakul, Ahmet Ferit Bey, Ahmet Og’ao’g’li va doktor Fuad Sabit Beylar bilan birgalikda Akchura “Turk ochog’i”ni tashkil etgan.

Yusuf Akchura Usmonli imperiyasining qutqarilishini turk dunyosining birdamlik siyosatida ko’rdi. Akchuraga ko’ra turklar o’sha vaqtlarda 45-50 millionlik aholiga ega edi va ular Usmonli turklari, Kavkaz turklari, Qrim turklari, Shimoliy va Sharqiy turklar bo’lib besh guruhdan iborat edi.

Akchuraga ko’ra turklar yashagan tuproq turklarning tarixiy merosidir. Bu tuproqda Turklar yashashi darkor. Tillari, irqlari, urf-odatlari, dini bir bo’lgan Osiyoning yirik qismi bilan Yevropaning sharqida yoyilgan turklarning birlashishi, turklarni boshqa millatlar oldida yana-da ustun nuqtaga olib keladi.

Yusuf Akchuraning fikriy merosi bugungi kunda Rajap Tayyip Erdog’an, Nursulton Nazaboyev va Ilhom Aliyev kabi liderlarning say harakati bilan turli xalqaro tashkilotlar tarkibida o’z o’rnini topishga harakat qilmoqda. Turk kengashi, TURKSOY, Turk akademiyasi bosh bo’lish bilan birga turli xalqaro tashkilotlar bu yo’lda turli faoliyatlar olib bormoqda.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi doktor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 



Aloqador xabarlar