Turkmaniston Orol dengizini qutqarish yo’lida...

Xalqaro Orol dengizini saqlab qolish fondining ijro komitetiga raislik davrida Turkmaniston fondning xalqaro mavqeyini oshirish va mustahkamlash yo’lida katta g’ayrat ko’rsatadi.

Turkmaniston Orol dengizini qutqarish yo’lida...

Turkmaniston Orol dengizini qutqarish yo’lida katta tashabbuslarni yo’lga qo’ydi.

Oroli dengizining qurib borishidan kelib chiqqan atrof-muhit falokatlari Sovet ittifoqi tarqalgach, mustaqillik e’lon qilgan O’rta Osiyo davlatlarini chora ko’rishga jalb qildi.

Turkmaniston, Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikiston davlat rahbarlarining qarori bilan 1993 yilda Xalqaro Orol dengizini saqlab qolish fondi tashkil qilindi.

2017-2019 yillarda mazkur fondning ijro komitetini boshqarish vazifasi Turkimaniston zimmasiga yuklandi.

Joriy yilning iyun oyida Ashxabodda Xalqaro Orol dengizini saqlab qolish fondining faoliyatlarini yuritish maqsadida markaz tashkil qilindi.

Xalqaro Orol dengizini saqlab qolish fondi ijro komitetiga Guzgeldi Bayjanov rahbar etib tayinlandi.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov iyun oyida Ashxaboddagi markazning ochilishi munosabati bilan tabrik yo’lladi.

“Xalqaro Orol dengizini saqlab qolish fondining ijro komitetiga raislik davrida Turkmaniston fondning xalqaro mavqeyini oshirish va mustahkamlash yo’lida katta g’ayrat ko’rsatadi va global falokatlarga qarshi kurashdagi ahamiyatini kuchaytirish uchun barcha tadbirlarni oladi”,-deb yozadi Gurbanguli Berdimuhammedov.

Ashxabodda prezident Gurbanguli Berdimuhammedovning bu so’zlariga binoan ikki shartnoma imzolandi.

Jumladan, Xalqaro Orol dengizini saqlab qolish fondi ijro komiteti Federal Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati va O’rta Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Mazkur shartnomalar asosida 40 yil oldingiga nisbatan 10% suvi chekingan va tobora cho’lga aylanib borayotgan Orolni qutqarish uchun hamkorlikda faoliyat olib borish va buni texnik jihatdan qo’llab quvvatlash maqsad qilinmoqda.

 



Aloqador xabarlar