Turk Havo Yo'llarining sobiq vitse-prezidenti O'zbekiston havo yo'llarida o'z faoliyatini boshladi

Turkiyalik mutaxassis O'rxan Sivrikaya "O'zbekiston Havo Yo'llari" Milliy aviakompaniyasining strategik rivojlanish bo`yicha maslahatchisi lavozimini egalladi.

Turk Havo Yo'llarining sobiq vitse-prezidenti O'zbekiston havo yo'llarida o'z faoliyatini boshladi

Turk Havo Yo'llarining sobiq vitse-prezidenti O'zbekiston havo yo`llarida o'z faoliyatini boshladi.

Turkiyalik mutaxassis O'rxan Sivrikaya "O'zbekiston Havo Yo'llari" Milliy aviakompaniyasining strategik rivojlanish bo`yicha maslahatchisi lavozimini egalladi.

Bu haqda O`zbekiston Havo Yo'llari axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, fuqaro aviatsiyasi bo`yicha turkiyalik maslahatchini jalb qilish masalasi oktyabr oyida O`zbekiston prezidenti boshchiligidagi delegatsiyaning Turkiyaga tashrifi chog`ida ko`rib chiqilgan edi.

O'rxan Sivrikaya 6 noyabr kuni "O`zbekiston Havo yo`llari"da o'z ishini boshladi.

Turkiyalik mutaxassis, aviakompaniya rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, reyslar jadvalini muvofiqlashtirish va samolyotlar parkini rejalashtirish, marketing va savdo, axborot texnologiyalarini joriy etish masalalari bilan shug`ullanadi.



Aloqador xabarlar