Turk olamidan xabarlar 45-qism

O’zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida o’zbek-turk do’stlik konserti o’tkazildi.

Turk olamidan xabarlar 45-qism

                          

Birinchi xabarimizning sarlavhasi “Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasida oliy ta’lim sohasida yangi hamkorlik” deb nomlanadi.

Xabar tafsiloti quyidagicha;  Turkiya bilan Ozarbayjon o’rtasida oliy ta’lim sohasi bo’yicha hamkorlikka qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi. Turkiya Oliy ta’lim kengashi rahbari prof. Yekta Sarach bilan Ozarbayjon ta’lim vaziri Mikail Jabborov o’rtasida imzolangan memorandum universitetlarga talaba qabul qilish, diplomlarini ikki tomonlama tan olish kabi xususlarni o’z ichiga oladi.

Ushbu hujjatga binoan, ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik doirasida ikki davlatning oliy ta’lim muassasalari o’rtasida akademik va ilmiy sohalardagi mavjud hamkorlikni yanada takomillashtirish maqsad qilindi.

Shuningdek, hujjat asosida ikki davlatning oliy ta’lim muassasalari o’rtasida ikki tomonlama talaba va ta’lim xodimi almashish dasturlari ham ishlab chiqiladi.

 

Navbatdagi xabarimiz O’zbekistondan olingan.

13-14 oktyabr kunlari O’zbekistonning Samarqand shahrida  “O’rta asrlardagi Samarqand madrasalarining Islom sivilizatsiyasidagi ro’li” nomli simpozium bo’lib o’tdi.

Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKAning qo’llab quvvatlovi bilan o’tkazilgan simpozium Xoji Bektosh Veli madaniyat markazi, Samarqand Davlat universiteti, Mug’la “Sitki Kochman” nomidagi universitet va Jahon so’z akademiyasi hamkorligida tashkil qilindi.

Simpoziumga 30 dan ortiq xorijlik akademiklar va mutahassislar ishtirok etdi.

Simpozium ochilishida Samarqand Davlat universiteti rektori prof. Rustam Xolmurodov so’zga chiqdi.

 U ma’ruzasida mana shunday simpoziumlar O’zbekiston bilan Turkiya o’rtasidagi hamkorlikning ravnaqiga katta hissa qo’shishini tilga olib, tadbirni tashkil qilishda mehnati singgan barcha xodimlarga minnatdorlik bildirdi.

 

Dasturimizni O’zbekistondan olingan xabar bilan yakunlamoqchimiz.

O’zbekistonning poytaxti Toshkent shahrida o’zbek-turk do’stlik konserti o’tkazildi.

Turkiston saroyida bo’lib o’tgan konsert dasturi Turkiyaning Toshkentdagi elchxonasi bilan madaniyat maslahatchiligi tomonidan uyushtirildi.

Konsertning ochilishida Turkiyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Bashar Shen so’zga chiqdi.

Bashar Shen mushtarak tarix, til, din va madaniyatga ega bo’lgan turk va o’zbek xalqlari o’z samimiy qardoshlik aloqalarini tarix mobaynida saqlab kelayotganini va bir-birini qo’llab quvvatlaganligini ta’kidladi.

“Biz turli sabablar tufayli asrlar avval bir-biridan ajralgan va boshqa uzoq mintaqalarda yashashga majbur bo’lgan, bir-birini sog’ingan ikki qardosh xalqning avlodlarimiz”,-deydi Turkiya elchisi Bashar Shen.

Konsertda Turkiya madaniyat va turizm vazirligi qoshidagi turk xalq musiqa ansambli san’atkorlari va davlat xalq raqslari ansambli hamda O’zbekistonning “Sabo” nomli milliy raqs ansambli bilan bir qatorda ko’plab, o’zbek xushovoz xonandalar sahnaga chiqdi.

Konsert dasturida Oshiq Veyselning “Uzun inje bir yo’ldayim” nomli qo’shig’ini ijro etgan o’zbek san’atkor Madina Mumtoz tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo’ldi.

Konsert yakunida Turkiyaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Bashar Shen o’zbek-turk do’stlik konserti ishtirokchilarini va konsertni tashkil qilishga hissa qo’shgan xodimlarni faxriy yorliq bilan taqdirladi.

 

 


Tanlangan kalimalar: O'zbekiston

Aloqador xabarlar