Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 44-qism

O’tgan hafta O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Turkiyada bo’lib qaytdi. Dasturimizning bugungi bo’limida Mirziyoyevning Turkiyaga bo’lgan tashrifi va Turkiya-O’zbekiston munosabatlari haqida so’z qilamiz.

Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 44-qism

Aziz dasturimiz muxlislari,

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning 25-27-oktabri kunlari davlat tashrifi bilan Turkiyada bo’ldi. Mirziyoyev Turkiyada oliy darajali uchrashuvlar o’tkazdi. Mirziyoyevning ushbu tashrifi Turkiya-O’zbekiston munosabatlari tarixida 18 yil ortidan Turkiyaga tashrif etgan birinchi O’zbekiston Prezidenti bo’lishi jihatidan muhim o’ringa ega bo’lar ekan bu vaziyatni ayni vaqtda, ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarning kelasi yillarda yana-da mustahkamlanajagining ko’rsatkichi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Turkiya 1991-yili O’zbekiston mustaqilligini tan olgan birinchi davlat hisoblanadi. Shu bois ham bu ikki mamlakat o’rtasidagi munosabat jadal rivojlandi. Bunga qaramay 2005-yili O’zbekistonda yuz bergan Andijon voqealarini qo’lga olgan BMTning Yalpi majlisida Turkiya O’zbekistonga qarshi ovoz berdi. Shu tufayli 1991-yili yaxshi boshlagan Turkiya-O’zbekiston munosabatlari 2005-yildan keyin birdaniga sovub ketdi. Shavkat Mirziyoyevning bu tashrifi ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatlarni qayta tiklashiga yo’l ochishi mumkin. O’tgan yili O’zbekistonning Samarqand shahrida bo’lib o’tgan uchrashuv chog’ida Erdog’anning, “ikki mamlakat hamkorligining yangi imkoniyatlari”, Mirziyoyevning esa, “Bundan buyon so’zda emas amalda hamkorlik qilishning ayni vaqti” degan ifodalari yuqorida biz aytib o’tgan fikrni qo’llab-quvvatlaydi. Har ikki mamlakat liderlari kelasi yilning boshida O’zbekiston-Turkiya Investitsiya forumi va Qo’shma iqtisodiy komissiya yig’ilishi o’tkazish borasida kelishib olganliklarini ma’lum qildilar.

O’zbekiston o’zining tarixiy aloqalari yuzasidan Turkiya e’tiboridagi davlatlardan biri hisoblanadi. O’ylaymizki Mirziyoyevning ushbu tashrifi orqali ikki mamlakat o’rtasidagi munosabat qayta tiklanadi.

Turkiya-O’zbekiston munosabatlarida tekstil, sog’likni saqlash, turizm bosh bo’lish bilan birga iqtisodiy va xavfsizlikni saqlash sohalarida ikki mamlakat munosabati tez rivojlanadi. Albatta bu munosabatlar fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va ta’lim muassasalarining ham hamkorligi bilan qo’llab-quvvatlanishi darkor. Qozog’istondagi Ahmat Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-turk universiteti kabi o’rtoq Turkiya-O’zbekiston universitetining ham tashkil topishi ikki mamlakat munosabatining qayta tiklanishiga ijobiy hissa qo’shadi. Bu borada har ikki mamlakatning ham say-harakati muhim hisonlanadi. 

Karimov rejimining o’ziga xos ikkita xususiyati bor edi. Ulardan biri avtoritar hukumat ikkinchisi esa, Sovet ittifoqining siyosiy tizimini davom ettirishi. Karimov Markaziy Osiyodagi yirik kuchlar kurashiga qarshi o’z yurtini himoya qilish uchun salgına izolyatsiya siyosatini tanlagan edi. Yangi liderlik geosiyosiy muomalalarga proaktiv siyosat orqali javob berishni tanlaydigandek ko’rinmoqda.

O’zbekiston o’zining o’rnashgan joyi va aholi soni jihatidan Yevroosiyoning eng muhim davlatlaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston bilan o’z munosabatini mustahkamlamay turib Turkistonda mavjud bo’lishning o’zi murakkab. Bu xususiyati jihatidan O’zbekiston kelajakda, global va mintaqaviy aktyorlarning hamkorligi uchun tez-tez murojaat qilingan davlatga aylanadi.   

Mirziyoyev Prezidentlik vazifasining birinchi davrida radikal siyosiy o’zgarishlarga murojaat qilishdan avval xalqning ijtimoiy muammolarini hal qilish va qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kuchaytirish masalasiga yonalishi mumkin. Mirziyoyevning tashqi siyosatda qo’shni va turk tilida so’zlashuvchi davlatlarga yana-da katta ahamiyat berib, yumshoq uslub kuzatib borajagi kutilmoqda. Janob Prezidentning prezident sifatida birinchi chet el tashrifini Rossiyaga qaratishi, Rossiya-O’zbekiston munosabatlarini ayniqsa, iqtisodiy sohada yana-da mustahkamlash niyatida ekanligining ko’rsatkichidir.    

Mirziyoyev davri O’zbekiston uchun yangi boshlang’ich hisoblanadi. Karimov Turk kengashi bosh bo’lish bilan birga mintaqaviy hamkorlikga qarshi uzoq siyosat kuzatib bordi. Bu siyosatning o’zgarishi mintaqadagi aktyorlar bilan O’zbekistonning porloq kelajagi uchun yangi zaminning yaratilishiga yo’l ochishi mumkin.

Mirziyoyev roppa-rosa 13 yil Karimovning Bosh vazirlik vazifasini bajardi. Shunday ekan o’zgarishlar osonlikcha bo’lmaydi. Lekin Mirziyoyev o’z yurtini va mintaqani yaxshi biladi. Bu borada tajribali. Keyingi jarayonda O’zbekistonning Turk kengashi bilan bo’lgan munosabatlarini rivojlantirishi ham mintaqa, ham da turk tilida so’zlashuvchi davlatlar jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. Zero O’zbekiston turk tilida so’zlashuvchi davlatlarning eng muhim davlatlaridan biri hisoblanadi.     

Aziz dasturimz kuzatuvchilari Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi doktor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 



Aloqador xabarlar