Yevropa bilan munosabatlarni rivojlantirish Ozarbayjon tashqi siyosatining ustuvor vazifasidir

Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Elmar Mammedyarov mamlakatga tashrif buyurgan Polsha tashqi ishlar vaziri Vitold Vashchikovskiy bilan uchrashdi.

Yevropa bilan munosabatlarni rivojlantirish Ozarbayjon tashqi siyosatining ustuvor vazifasidir

Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Elmar Mammedyarov mamlakatga tashrif buyurgan Polsha tashqi ishlar vaziri Vitold Vashchikovskiy bilan uchrashdi.

Ikki davlat tashqi ishlar vazirlari dastlab o’zaro uchrashuv amalga oshirdi, so’ngra kengaytirilgan hay’atlararo uchrashuvlarga boshchilik qildi.

Uchrashuvlardan so’ng, matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda so’zga chiqqan Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Elmar Mammedyarov Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni rivojlantirish Ozarbayjon tashqi siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanini tilga oldi.

Mammedyarov Polsha bilan Ozarbayjon Yevropa Ittifoqi, NATO, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti hamda Vishegrad guruhi doirasida yaqin aloqalarga ega ekanini ma’lum qildi.

Polsha tashqi ishlar vaziriga Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini qo’llab quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirgan Mammedyarov ikki davlat mutahassislari transport va energiya sohalari bo’yicha muzokara olib borganini bildirdi.

“Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni rivojlantirish Ozarbayjon tashqi siyosatining asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi. Hozirda energiya bo’yicha hamkorligimizni davom ettiryabmiz”,-deydi Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri.

Polsha tashqi ishlar vaziri Vitold Vashchikovskiy ham Ozarbayjon Polsha uchun muhim davlatlardan biri ekanini tilga oldi.

Ozarbayjon Yevropani energiya bilan ta’minlovchilardan biri ekanini tilga olgan Vitold Vashchikovskiy: “Ozarbayjon Polshadan keladigan sayyohlar uchun eng xavfsiz davlatlardan biridir”,-dedi.

 

 

 



Aloqador xabarlar