Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 42-qism

Dasturimizning bugungi bo’limida Ozarbayjon va YI munosabatlari va buning Turkiyaga ko’rsatgan ta’siri haqida so’z qilamiz.

830173
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 42-qism

Aziz eshittirishimiz muxlislari,

Global siyosat va Yevroosiyo qit’asining eng muhim aktyorlaridan bir Yevropa ittifoqidir. Yevropa ittifoqi ko’p qirrali hamkorliklariga alohida e’tibor bergan Ozarbayjonning tashqi siyosatida muhim o’ringa egadir. Shunday ekan keling, dasturimizning bugungi bo’limida Ozarbayjon va YI munosabatlari va buning Turkiyaga ko’rsatgan ta’siri haqida so’z qilaylik.  

Yevropa ittifoqi ko’p qirrali hamkorliklariga alohida e’tibor bergan Ozarbayjonning tashqi siyosatida muhim o’ringa egadir. Bundan 13 yil muqaddam yani 2004-yili Yevropa kengashi YI bilan Yevropaning sharq va janubida o’rin olgan roppa-rosa 16 ta qo’shni davlat bilan siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik munosabatlarini shakllantirgan Yevropa Qo’shnichilik siyosatiga Ozarbayjonning ham qo’shilishi haqida qaror qabul qildi. 2009-yili Ozarbayjon, Gruziya, Armaniston, Ukraina, Belarus va Moldoviya bilan bo’lgan munosabatlarini mustahkamlash va Yevropa Qo’shnichilik siyosati doirasida ko’p qirrali hamkorligini davom ettirish uchun Yevropa ittifoqi Sharqiy hamkorlik tashabbusini boshlatdi.  

Bugungi kunda Yevropa ittifoqi Ozarbayjonning eng muhim savdo sheriklaridan biridir. Shuning uchun ham Boku iqtisodiy munosabatlarning yana-da rivojlanishiga katta e’tibor berib kelmoqda. Aytib o’tish joizki neft va tabiiy gaz Ozarbayjonning eng ko’p eksport qilgan mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Bu vaziyat mamlakatning YI bilan bo’lgan savdo-sotig’ida narxlarning ko’proq neft narxlari ustidan qoyilishiga yo’l ochmoqda.  

Boshqa jihatdan olib qaraganda ilk yillardan beri to’g’rirog’i on yildan ortiq vaqtdan beri Yevropa ittifoqi, Yevropa Qo’shnichilik siyosati doirasida boshqa qo’shni davlatlar bilan bo’lganidek Ozarbayjon bilan ham ba’zi muammolarini hal qilolmayapti. YI a’zolik perspektivasi taqdim etolmagan vaziyatlarda mamlakatlardagi demokratik islohotlarni ta’minlash maqsadlari ham talab qilingan natijani bermayapti. Bu shart-sharoit ostida Yevropa ittifoqining kamida energiya ta'minoti xavfsizligi hayotiy manfaatlarini qiziqtirgan mamlakatlar bilan bo’lgan munosabatlarida ta’sirli bo’la olishining yagona yo’li to’qnashuvlarni hal qilish masalasida yana-da faol rol olishidir. Biz aytmasak ham Ozarbayjonning Yevropa ittifoqidan istagi Qo’shnichilik siyosati doirasida o’zaro munosabatlarni mustahkamlashga qaraganda ko’proq YIning Yuqori Qorabog’ muammosini hal qilishda xolisona ravishda yana-da faol vositachilik rolini qo’lga ola boshlashidir. Bugungi kunda Ozarbayjon tuproqlarining 20 foizi Armaniston tomonidan bosib olingan vaziyatda. Bu haqiqat YI bilan bo’lgan har qanday iqtisodiy hamkorlik va investitsiya oldida to’siqlik qilmoqda.

Yevropa ittifoqidan Gruziya muammosida bo’lganidek Ozarbayjonning ham hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlashi kutilmoqda lekin Yevropa ittifoqi bunga to’laqonli javob bermayapti yani Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini judayam cheklangan miqdorda qo’llab-quvvatlamoqda. YI Ozarbayjon bilan bo’lgan munosaabtida har doimgidek ishonchli va yaqin sherik ekanligini qayd etib kelganidek Yuqori Qorabog’ masalasida ham Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini qo’llab-quvvatlagan qarorlar qabul qilib, konkret qadamlar tashlash orqali ham ko’rsatishi mumkin. Buning uchun birinchi qadamni Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Minsk jarayonida faol o’rin olish orqali tashlashi mumkin. Shu o’rinda, 2012-yilning mart oyida Yevropa parlamentining Tashqi aloqalar bo’yicha qo’mitasi, Yevropa Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Yuqori Qorabog’ muammosining hal qilinishidan mas’ul Minsk guruhida Fransiya o’rnining YI bilan o’zgartirilishini taklif qildi. Shu bilan birga Yevropa ittifoqi, o’z tarkibidagi mamlakatlarning milliy siyosatlarini YIning manfaatlaridan ustun tutishi yuzasidan Yuqori Qorabog’ muammosini hal qilish masalasida hech narsa qilolmay turgan vaziyatda. Shunga ko’ra YI o’zining tashqi siyosatda yana-da faol bola olish uchun eng avvalo o’zining ichki muammolarini hal qilishi lozim. YI o’zaro va mintaqaviy platformada qanchalik keng ko’lamli siyosat yaratishiga qaramay mintaqaviy muammolarni hal qilolmasa, unda hech qachon yaqin atrofida, strategik aktyor sifatida o’z o’rnini topolmaydi.  

Natijada Ozarbayjon-Yevropa ittifoqi munosabatlari Turkiya jihatidan ham judayam muhimdir. Turkiya va Ozarbayjon bir-birini “bir millat, ikki boshqa davlat” deya ifoda etmoqda. Shuning uchun ham Ozarbayjonning YI bilan bo’lgan munosabatlari to’g’ridan-to’g’ri Turkiya va Yevropa ittifoqi munosabatlariga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi doktor Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Yevropa ittifoqi , #Turkiya

Aloqador xabarlar