Turk olamidan xabarlar 42-qism

Xalqaro valyuta fondi IMF hisobotida O’zbekistonning yalpi ichki mahsulot hajmi joriy yil va kelgusi yilda 6% ortishi kutilgani qayd etildi.

Turk olamidan xabarlar 42-qism

                          

Birinchi xabarimiz Ankaradan olingan.

TIKA direktori Serdar Cham Qozog’iston mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi.

TURKSOY direktori Dusen Kaseinov turkiy respublikalar mustaqilligining 25 yilligi sharafiga Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi direktori Serdar Chamga “Qozog’iston davlatining 25 yilligi”ga bag’ishlangan mustaqillik ordenini topshirdi.

TIKAning markaziy qarorgohida bo’lib o’tgan marosimga TURKSOY direktori Dusen Kaseinov, TIKA direktori Serdar Cham, TURKSOY bosh kotib o’rinbosari Firat Purtash, TURKSOYning Ozarbayjondagi vakolatxonasi rahbari Elchin Gafarli, TURKSOYning Qirg’izistondagi vakolatxonasi rahbari Ho’jageldi Kuluyev va TIKA direktori o’rinbosarlari ishtirok etdi.

Kaseinov marosimda so’zlagan nutqida, Turkiya va Qozog’iston aloqalari katta loyihalar asosida yanada mustahkamlanayotganini, mazkur loyihalarning aksariyati TIKA tomonidan olib borilayotganini ma’lum qildi.

“Turk dunyosiga yordam deganda insonlarning aqliga TIKA keladi”,-deydi Dusen Kaseinov.

TIKA direktori Serdar Cham bu sharafli mukofotga loyiq deb topilganidan baxtiyor ekanini tilga oldi.

“Bundan oldin bo’lgani kabi bundan keyin ham hayotimning oxirigacha butun sadoqatim bilan Qozog’iston davlatiga va butun turk dunyosiga xizmat qilishga va’da beraman”,-deya ta’kidladi Serdar Cham.

TURKSOY bosh kotib o’rinbosari Firat Purtash ushbu orden Qozog’iston prezidentining qarornomasiga binoan taqdim etilganini, bu orden Turkiyada faqatgina 6 kishiga berilganini ta’kidladi.

TIKA bugungacha Qozog’istonda juda katta loyihalarni amalga oshirdi. Bulardan biri Hoja Ahmad Yassaviy maqbarasini qayta ta’mirlash loyihasidir.

Turk-islom olamining ulug’ mutafakkirlaridan biri bo’lgan Hoja Ahmad Yassaviyning Turkiston shahrida joylashgan maqbarasida birinchi marta bunchalik keng ko’lamli ta’mirlash ishlari olib borildi.

Ushbu maqbara Turkiston shahrining 1500 yillik yubileyi munosabati bilan ikki davlat prezidentlari ishtirokida ziyoratga ochildi.

 

Navbatdagi xabarimiz Qozog’istondan olingan.

Astanada turk dunyosi matematikshunoslarining 6-kongressi bo’lib o’tdi.

Kongressga 20 ta davlatdan yuzdan ziyod delegat va 500dan ziyod olim ishtirok etdi. Olimlar 4 kun mobaynida algebra va matematik mantiq, geometriya va topologiya, funksiyalar nazariyasi, differensial tenglamalar va fizika, turk xalqlarining matematika fani tarixi va uslubi kabi sohalarning dolzarb mavzulari muhokama qilindi.

Qolaversa, kongress doirasida turkiyzabon davlatlarning matematikshunoslari jamiyati yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda jamiyatning yangi a’zolari saylandi. Ishtirokchilar bir ovozdan akademiya a’zosi Bakitjan Jumagulovni turkiyzabon davlatlar matematikshunoslari jamiyatiga navbatdagi muddat uchun rais etib sayladilar.

Yig’ilishda turk dunyosi matematikshunoslarining 7-kongressini O’zbekistonda o’tkazish qarorlashtirildi.

Kongressning oxirgi kunida matematika sohasining rivojiga katta hissa qo’shgan yosh olimlar va yosh matematikshunoslar diplom va fahriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Uch yilda bir marta o’tkaziladigan Turk dunyosi matematikshunoslari jamiyati kongressi birinchi bo’lib, 1999 yili Turkiyada o’tkazilgan edi.

 

Shu yilning 7-8 dekabr kunlari Ufada Boshqird milliy matbuotining 100 yilligi munosabati bilan Xalqaro matbuot konferensiyasi bo’lib o’tadi.

Olingan ma’lumotga ko’ra, konferensiya Rossiya federatsiyasi xalq ta’limi vazirligi bilan Boshqirdiston matbuot va ommaviy aloqa vositalari agentligining qo’llab quvvatlovi bilan Boshqird davlat universitetida amalga oshiriladi.

Konferensiyaga qatnashish uchun murojaatlar 10 noyabrgacha qabul qilinadi.

Konferensiyadagi nutq va ma’ruzalar kitob qilib bosiladi.

 

Dasturimizni O’zbekistondan olingan xabar bilan yakunlamoqchimiz.

O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot hajmi 2017 va 2018 yilda 6% oshadi.

Xalqaro valyuta fondi IMF hisobotida O’zbekistonning yalpi ichki mahsulot hajmi joriy yil va kelgusi yilda 6% ortishi kutilgani qayd etildi.

Xabarga ko’ra, O’zbekistondagi yillik inflyatsiya joriy yilda 13%, kelgusi yilda esa 12.7% ortishi nazarda tutilmoqda.

İnflyatsiyadagi bu ortish valyuta bozoridagi islohotlar tufayli milliy pul birligining qiymat yo’qotishidan kelib chiqqaniga e’tibor qaratildi.

O'zbekiston hukumati 2017 yilda mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi 7,8 foizga o'sishini taxmin qilmoqda. 

Yillik inflyatsiya esa, 11 yoki 12% atrofida amalga oshishi kutilmoqda.



Aloqador xabarlar