Qirg'iziston bosh vaziri o'rinbosari Temir Jumaqodirov yo’l transport halokatida halok bo’ldi

Avtohalokat oqibatida Temir Jumaqodirov bilan birga haydovchi va o’rinbosari Nurlan Jangirchiyev ham hayotdan ko’z yumgan.

Qirg'iziston bosh vaziri o'rinbosari Temir Jumaqodirov yo’l transport halokatida halok bo’ldi

Qirg'iziston bosh vaziri o'rinbosari Temir Jumaqodirov yo’l transport halokati oqibatida halok bo’ldi.

Bosh vazirlik matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko’ra, Temir Jumaqodirovni olib ketayotgan Toyota mashinasi "KamAZ" rusumli yuk mashinasi bilan to'qnashib ketgan. 

Avtohalokat mahalliy vaqt bilan ertalab 7:30 da Bishkek-Choldovar yo'lining 36 kilometrida ro'y bergan. 

Mashina ichida "Toyota" haydovchisi va uning ikki yo'lovchisi – bosh vazir o'rinbosari Temir Jumaqodirov va o’rinbosari Nurlan Jangirchiyev ham bo’lgan.

Avtohalokat oqibatida Temir Jumaqodirov bilan birga haydovchi va o’rinbosari Nurlan Jangirchiyev ham hayotdan ko’z yumgan.

Halokatda og’ir yaralangan kamaz haydovchisi shifoxonaga yotkizilgan.

Ekspertiza natijalari tayyor bo'lgach, voqea yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atiladi.

Eslatma: Qirg'iziston bosh vaziri o'rinbosari Temir Jumaqodirov hukumatda xavfsizlik masalalaridan mas’ul bo’lgan.

U 15 oktyabrda bo’lib o’tadigan prezidentlik sayloviga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish respublika shtabiga rahbarlik qilayotgan edi.

Temir Jumaqodirov 26 avgustda Qirg'iziston bosh vaziri o'rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. U bungacha respublika xavfsizlik kengashi kotibi lavozimida xizmat qilib kelgan edi.

 



Aloqador xabarlar