O'zbekistondan xabarlar 20-qism

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 sentyabr kuni Qozog`iston Respublikasi parlamenti Senati Raisi Kasim-jomart Tokaev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

O'zbekistondan xabarlar 20-qism

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 27 sentyabr kuni Qozog`iston Respublikasi parlamenti Senati Raisi Kasim-jomart Tokaev boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlat rahbari mehmonlarni qutlar ekan, Qozog`iston parlamenti delegatsiyasining O`zbekistonga tashrifi va Oliy Majlis palatalarida o`tkazilgan samarali muzokaralar natijalari o`zaro aloqalarning mustahkamlanib borayotganidan dalolat berishini alohida ta`kidladi.

O`zbekiston Prezidentining joriy yil mart oyida Qozog`istonga va Qozog`iston Prezidentining shu oyda O`zbekistonga davlat tashriflari, shuningdek, davlatlarimiz rahbarlarining muntazamlik kasb etgan va ishonchga asoslangan muloqoti keng ko`lamli O`zbekiston –Qozog`iston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish va ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani qayd etildi.

Uchrashuvda parlamentlararo hamkorlik, jumladan, xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi aloqalarni yanada faollashtirish masalasiga alohida e`tibor qaratildi.

Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan ikki tomonlama kelishuvlar va qabul qilingan qarorlar ijrosini ta`minlash hamda o`zaro manfaatli sheriklikka doir istiqbolli loyiha va dasturlarni ilgari surishda mamlakatlarimiz parlamentlari muhim o`rin tutishi qayd etildi.

Do`stlik va hamkorlik guruhlari o`rtasida muntazam uchrashuvlar o`tkazish, O`zbekiston va Qozog`iston parlamentlarining tegishli qo`mitalari o`rtasida yaqin amaliy aloqalar o`rnatish muhimligi ta`kidlandi.

Tokayev, Prezident Shavkat Mirziyoevga samimiy va mazmunli uchrashuv uchun minnatdorlik bildirib, Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboevning salomi va ezgu tilaklarini etkazdi.

Kasim-jomart Tokaev Qozog`iston Respublikasi parlamenti o`zaro do`stlik va strategik sheriklik munasabatlarini yanada mustahkamlash yo`lida O`zbekiston bilan faol va keng ko`lamli hamkorlikka tayyor ekanini yana bir bor ta`kidladi.

Qozog`iston Respublikasi parlamenti Senati Raisi Kasim-jomart Tokaev boshchiligidagi delegatsiya O'zbekiston parlamentida xam uchrashuvlar o'tkazdi, shuningdek Samarqand shaxriga xam tashrif buyurib, Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.

        

O`zbekiston prezidentining Amerika Qo`shma Shtatlariga tashrifi samarali bo`ldi.

O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-20 sentyabr kunlari Amerika Qo`shma Shtatlarida bo`ldi.

Ushbu tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etdi xamda bir qator davlat raxbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqida, O`zbekiston ushbu tashkilotning bosqichma-bosqich isloh etilishi tarafdori ekanligini bildirdi.

Mirziyoyev O`zbekiston bugungi kunda o`zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratayotganligini ta`kidladi.

Mirziyoyev shuningdek, O`zbekistonning BMTning preventiv diplomatiya bo`yicha mintaqaviy markazi tomonidan ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo havzalari suv resurslaridan foydalanish to`g`risidagi konventsiyalar loyihalarini qo`llab-quvvatlashini takidladi.

Mirziyoev jahon jamoatchiligi e`tiborini yana bir bor davrning eng o`tkir ekologik muammolaridan biri — Orol halokatiga qaratdi va Orol fojiasi aks ettirilgan xaritani jamoatchilikka namoyish etdi. Shavkat Mirziyoev Afg`onistondagi vaziyat haqida ham o`z fikrini bayon qilib, Afg`onistonda tinchlikka erishishning yagona yo`li — markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o`rtasida, to`g`ridan-to`g`ri muloqotni yo'lga qo'yishi donishmand afg`on xalqi o`z taqdirini o`zi mustaqil hal qilishi ekanligini takidladi.

Shavkat Mirziyoevning Amerika Qo`shma Shtatlariga tashrifi doirasida Nyu-Jorkda O`zbekiston — AQSh biznes forumi bo`lib o`tdi.

O`zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo`yicha davlat qo`mitasi tomonidan Amerika — O`zbekiston savdo palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda AQShning 100 dan ortiq etakchi kompaniyasi rahbarlari ishtirok etdi.

Forum sho``balaridagi muzokaralarda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, O`zbekistonda qulay investitsiyaviy muhitni shakllantirish hamda sanoat, infratuzilma, turizm, fan va ta`lim sohalarida qo`shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalari qizg`in muhokama qilindi.

Amerikalik ishtirokchilarga O`zbekistonda valyutani tartibga solish tizimiga bozor mexanizmlarini joriy qilish, bank-moliya tizimini mustahkamlash, biznesning soliq yukini qisqartirish, investorlar uchun, jumladan, respublikada tashkil etilgan yangi erkin iqtisodiy zonalar doirasida qo`shimcha imtiyoz va preferentsiyalar berish bo`yicha amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar xaqida malumot berildi.

Tadbir yakunida AQSh kompaniyalari bilan umumiy qiymati 2,6 milliard dollarga teng bo`lganbir qator shartnomalar imzolandi.

        

O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Afg`oniston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Shu yilning 25-26 sentyabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Afg`oniston Islom Respublikasi Milliy xavfsizlik kengashining tashqi aloqalar va mintaqaviy hamkorlik boshqarmasi boshlig`i Mohammad Qosim Ludin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Delegatsiya tarkibiga Afg`oniston prezidentining Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligi masalalari bo`yicha maxsus vakili ofisi, savdo va sanoat, adliya, tashqi ishlar vazirliklari va Fuqaro aviatsiyasi mustaqil byurosi vakillari kiradi.

Tashqi ishlar vazirligida bo`lib o`tgan uchrashuvda oliy darajadagi O`zbekiston-Afg`oniston aloqalari davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.

Muzokaralar chog`ida O`zbekiston va Afg`onistonning vakolatli idoralari tomonidan ko`rib chiqilayotgan hukumatlararo bitimlar loyihalari yuzasidan ham fikr almashildi.

        

Toshkentda O`zbekiston va Tatariston biznes forumi bo'lib o'tdi.

Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovning O`zbekistonga tashrifi doirasida Toshkentda O`zbekiston va Tatariston biznes forumi tashkil qilindi.

O'zbekiston va Tataristondan ko'plab davlat idoralari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etgan biznes forumda, tomonlar orasidagi xamkorlini kengaytirish masalalari muxokama qilindi.

Forumda Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov so'zga chiqqib, Tataristonning O`zbekistonda neft va gaz, elektro va gidroenergetika ob`ektlari qurish va modernizatsiya qilish, mashinasozlik mahsulotlari etkizib berish hamda tibbiyot sohasida aloqalarni rivojlantirishga qiziqish bildirishini takidladi.

Forumda so'z olgan O`zbekiston bosh vazir o`rinbosari Gulamjon Ibragimov, yaqin muddat ichida tomonlar o'rtasidagi tovar ayirboshlash xajmini 2-3 baravarga ko`paytirish niyatida ekanliklarini takidladi.

Bo`lib o`tgan biznes forumda, sog`liqni saqlash, turizm, axborot texnologiyalari sohalarida ham shartnomalar imzolandi.

Shu kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev, mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixonovni qabul qildi.

Mirziyoyev, Minnihanovni mamlakatga tashrifi bilan qutlar ekan, Ozbekiston va Rossiya hududlari o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi hukumatlararo bitimga muvofiq Rossiya Federatsiyasining Tatariston va boshqa sub`ektlari bilan aloqalar faollashib borayotganini alohida ta`kidladi.

Uchrashuvda mavjud ulkan sanoat salohiyati, an`anaviy yaqin hamkorlik va ko`p asrlik madaniy-tarixiy aloqalar ko`p qirrali o`zaro sheriklikni tubdan kengaytirish uchun ishonchli poydevor yaratayotgani qayd etildi. Uchrashuvda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va uni aniq mazmun bilan boyitishga doir masalalar batafsil ko`rib chiqildi.

O`zaro savdo hajmini oshirish, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo, avtomobilsozlik, mashinasozlik, farmatsevtika, qishloq xo`jaligi tarmoqlari, axborot texnologiyalari sohasi va boshqa yo`nalishlarda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlardan samarali foydalanishga alohida e`tibor qaratildi.

Ta`lim, ilm-fan, sog`liqni saqlash, madaniy-gumanitar almashuv va sayyohlik sohalaridagi aloqalarni faollashtirish va qo`shma dasturlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Rustam Minnixonov, Shavkat Mirziyoevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, O`zbekiston Respublikasi bilan keng ko`lamli hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini ta`kidladi.

Tashrifi davomida, Minnixanov O`zbekistonda yashayotgan tatarlar diasporasi bilan ham uchrashdi. Minnixonov shuningdek, Samarqand shaxriga xam tashrif buyurib, Islom Karimov qabrini ziyorat qiladi.

        

 


Tanlangan kalimalar: So'nggi yangilklar , Özbekiston

Aloqador xabarlar