Qozog’iston Suriyaga askar yuborishi mumkin

Prezident Nazarboyev, poytaxt Ostonadagi “Oq-orda” rezidentsiyasida uyushtirilgan matbuot anjumanida, Suriya haqidagi savollarga javob berdi.

807508
Qozog’iston Suriyaga askar yuborishi mumkin

Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Birlashgan Millatlar Tashkiloti qaror qabul qilgudek bo’lsa unda Qozog’istonning ham Suriyaga askar yuborishi mumkinligini qayd etdi.  

Prezident Nazarboyev, poytaxt Ostonadagi “Oq-orda” rezidentsiyasida uyushtirilgan matbuot anjumanida, Suriya haqidagi savolga, Suriya to’g’risidagi VI Ostona yig’ilishining 14-sentabr kuni boshlaganligiga e’tibor qaratdi.

Ostondagi uchrashuvlar natijasida xavfsiz mintaqalarning tashkil etilganligini eslatgan Nazarboyev, bugungi yig’ilishlarda navbatdagi xavfsiz mintaqalarning qo’lga olinajagini ma’lum qildi.

Prezident Nazarboyev, Suriyadagi muammoning ko’pchilik umriga zomin bo’lganligini yoki ko’pchilikni muhojir vaziyatiga tushirganligini ta’kidladi.

Qozog’istonning Suriyaga askar yuborib, yubormasligi haqidagi savolga esa Nazarboyev,

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti ba’zi kuchlarni Suriyaga yuborish to’g’risida qaror qabul qilgudek bo’lsa unda biz ham BMT a’zosi sifatida mintaqaga askarlarimizni yuborishimiz mumkin” deya javıb berdi.



Aloqador xabarlar