Turk olamidan xabarlar 36-qism

Rossiya-Turkiya munosabatlarida yangi iqtisodiy hamkorlikka zamin yaratilmoqda.

Turk olamidan xabarlar 36-qism

 

Rossiya-Turkiya munosabatlarida yangi iqtisodiy hamkorlikka zamin yaratilmoqda.

Rossiyadagi  “Kamaz” ishlab chiqaruvchi avtomobil shirkati bilan avtomobil ehtiyotkor qismlarini ishlab chiqaruvchi “Tirsan Kardan” firmasi Xalqaro Izmir yarmarkasi doirasida Rossiyada mahsulot ishlab chiqarish uchun qo’shma korxona tashkil qilish maqsadida protokol imzoladi.

86-Xalqaro Izmir yarmarkasida rus va turk shirkatlari orasida jami 5 ta hamkorlik shartnomasi imzolandi.

 “Kamaz” va “Tirsan Kardan” shirkatlari o’rtasidagi shartnomadan tashqari, Rossiyaga tegishli “Inter RAO Engineering” energiya shirkati va “Uran industriya muassasalari” nomli turk inshoat va montaj firmasi hamkorlik shartnomasi imzoladi.

Mazkur shartnoma ikki shirkat o’rtasida energiya va boshqa sohalarda naqliyot ishlarini o’z ichiga oladi.

Rossiya hukumati ikki davlat o’rtasidagi inqirozdan keyingi jarayonda Rossiya bilan Turkiya o’rtasidagi biznes faoliyatlarini jonlantirish maqsadida Xalqaro Izmir yarmarkasida ishtirok etishga qaror berdi. Bu yilgi yarmarkada Rossiya hamkor davlat sifatida ishtirok etmoqda.

 

Navbatdagi xabarimiz Turkmanistondan olingan.

Turkmanistonning poytaxti Ashxobod 2017-yilgi Osiyo O‘yinlarini o‘tkazishga tayyor.

Bugungi kunga qadar V-Osiyo O‘yinlari-2017 ni o‘tkazishga Turkmaniston poytaxtidagi qurilishi rejalashtirilgan sport infratuzilmasining 80−85 foizi tayyor. Qolgan inshootlar kelgusi yilning birinchi yarmida foydalanishga topshiriladi. Bu haqda Turkmanistonning Toshkentdagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Yopiq inshootlardagi Osiyo O‘yinlari Ashxobodda shu yilning 17-sentyabrda boshlanadi. Ularda Osiyoning 45 davlati hamda Avstraliya va Okean orti davlatlaridan 17 mamlakat vakillari sportning 21 turi bo‘yicha bahs olib boradi.

O‘zbekiston jamoasi birinchilardan bo‘lib O‘yinlarda ishtirok etish to‘g‘risida ariza berdi.

Turkmaniston, Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchi bo‘lib bunday miqyosdagi sport forumini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi. Osiyo O‘yinlariga turli mamlakatlardan 200 mingdan ziyod ishqibozlarning tashrif buyurishi taxmin qilinmoqda.

30 sport ob’ektini o‘z ichiga olgan ko‘p funksionalli sport majmuasi — Olimpiya shaharchasi qurilishi 2010-yilning 5-noyabr kuni boshlangan edi.

Turkmaniston hukumati Osiyo O‘yinlari yakunlanganidan so‘ng, yangi qurilgan sport arenalari va mehmonxona majmualaridan mamlakatda sportni rivojlantirish maqsadida foydalanishni rejalashtirgan.

 

"Oʻzbekenergo" yiliga 60 milliard kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqaradi, uning 10%i GES va 90%i issiqlik elektr stantsiyalari tomonidan ishlab chiqariladi.

Oʻzbekiston joriy yildan e’tiboran Qirgʻizistondan arzon elektr energiyasi sotib olishni boshladi, deb maʼlum qildi "Oʻzbekenergo" vakili matbuot anjumanida.

Qirgʻizistondan Oʻzbekistonga elektr yetkazib berish shu yilning 16 iyunidan "Elektr stantsiyalari" va "Oʻzbekenergo" oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida boshlandi.

Oʻzbekiston tomonining bildirishicha, bu energiya tizimini muvofiqlashtirish va agrar sohani suv resurslari bilan taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

"Bu yil biz vegetatsiya davrida Qirgʻizistondan elektr energiyasini import qilmoqdamiz. Oʻzbekiston Qirgʻiziston gidroelektrostantsiyalarida ishlab chiqarilgan arzon elektr energiyasini sotib olmoqda. Bu yerlarni sugʻorish uchun qishloq xoʻjaligini suv bilan taʼminlash va energiya tizimini muvofiqlashtirish maqsadida qilinmoqda", — dedi "Oʻzbekenergo"ning strategik rivojlanish boshqarmasi boshligʻi Eso Sadullayev.

Xususan, Sadullayev respublikaning Markaziy Osiyo energiya halqasini kengaytirish va kuchaytirish borasida chora-tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirgani hamda Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston energiya tizimlari uchastkalarida parallel ishlarni yoʻlga qoʻyganini maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, ayni vaqtda "Oʻzbekenergo" yiliga 60 milliard kVt/soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqaradi, uning 10%i GES va 90%i issiqlik elektr stantsiyalari tomonidan ishlab chiqariladi.

Mamlakatda elektr energiyasi isteʼmoli yildan yilga ortib bormoqda. Agar 2000 yilda bir oilaning bir oylik oʻrtacha energiya isteʼmoli 114 kVt/soatni tashkil etgan boʻlsa, 2016 yilda bu koʻrsatkich 35%ga oshgan va 160 kVt/soatga yetgan.



 

 


Tanlangan kalimalar: Rossiya , O'zbekiston , Qirg'iziston , Turkiya

Aloqador xabarlar