Turk olamidan xabarlar 35-qism

Qozog'iston Respublikasi mudofaa vaziri general-polkovnik Saken Jasuzakov rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.

Turk olamidan xabarlar 35-qism

                              

Birinchi xabarimiz Turkiyadan olingan.

Turkiyaning Izmir shahridagi Izmir savdo uyi mezbonligida Izmir-Tatariston biznes forumi o’tkazildi.

Forumda Tataristondan bosh vazir o’rinbosari, sanoat va savdo vaziri Albert Karimov boshchiligidagi gavjum delegatsiya ishtirok etdi.

Forumda so’zga chiqqan Albert Karimov: “Turkiyaning rivojlangan shaharlaridan biri Izmir bilan hamkorlikka tayyormiz”,-dedi.

Karimov forumda so’zlagan nutqida, Turkiya Tataristonning iqtisodiy, tijoriy va madaniy jihatdan eng muhim hamkori ekanini tilga oldi.

Uning aytishicha, o’tgan yili Tatariston Turkiya bilan 200 mln dollardan ziyod tashqi tijorat hajmiga erishgan.

Ushbu hajmni yanada oshirish uchun yetarli imkoniyatlar mavjudligini tilga olgan Karimov, shu bois Turkiyaning Izmir shahri bilan yaqin hamkorlikka moyil ekanini ta’kidladi.

Tatariston tijorat va sanoat idorasi rahbari Shamil Agayev ham bir necha bor Turkiya iqtisodiyotining qanchalik tezkor rivojlanganiga guvoh bo’lganini anglatib, turk tadbirkorlar Tataristonda o’z faoliyatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotganini tilga oldi.

 “Har sohada hamkorlikka tayyormiz”,-deydi Shamil Agayev. Izmir savdo uyi boshqaruv kengashi raisi Ekrem Demirtash esa, Tatariston bilan Turkiya o’tmishdan beri yaxshi aloqalarga ega ekanini aytdi.

Izmir 4 mln aholisi bilan Turkiyaning eng katta 3-shahri ekanini eslatib o’tgan Demirtash shaharda 13 ta sanoat hududi, 2 ta erkin hudud, 4 ta texnologiyani takomillashtirish hududi mavjudligiga e’tibor qaratdi.

Uning aytishicha, Izmir nafaqat sanoatda, balki qishloq-xo’jaligi sohasida ham o’ziga ishonchi katta bo’lgan shahar hisoblanadi.

“Egey mintaqasida yetishtirilgan paxta, anjir, uzum, tamaki mahsulotlari, zaytun va zaytunyog’i baland sifati bilan dunyoda mashhur bo’lib, qishloq-xo’jaligi sanoatining asosini tashkil qiladi. Ya’ni, barcha sohalarda hamkorlikka tayyormiz”,-deydi Demirtash.

Ma’ruzalardan so’ng, Tatariston savdo va sanoat idorasi bilan Izmir savdo uyi o’rtasida qardoshlik shartnomasi imzolandi.

Tatariston investitsiya agentligi rahbari Taliya Minullina ham Tataristonning iqtisodiy imkoniyatlariga doir ma’ruza qildi.

Tadbir doirasida izmirlik va tataristonlik firmalar o’rtasida o’zaro uchrashuvlar amalga oshirildi.

 

Navbatdagi xabarimiz Qozog’istondan olingan.

Qozog’istonda 6 oyda 7.3 mln tonna neft qayta ishlab chiqarildi.

Qozog’istonda joriy yilning dastlabki yarmida qayta ishlab chiqarilgan neft miqdori 5.4% ortish bilan 7 mln 338 ming tonnani tashkil qildi.

Qozog’iston energetika vazirligi bu haqda bayonot berdi.

“Bu yil yanvar-iyun davrida “Pavlodar” neft va kimyo zavodida 2 mln 648 ming tonna, “Neft Qozog’iston Oil” neft qayta ishlash zavodida 1 mln 895 ming tonna, “Atirau” zavodida 2 mln 508 ming tonna va boshqa kichik korxonalarda 287 ming tonna bo’lib, jami 7 mln 338 ming tonna neft qayta ishlab chiqarildi”,-deyiladi bayonotda.

Ushbu davrda mamlakatda 1 mln 544 ming tonna benzin, 110 ming tonna samolyot yoqilg’isi, 2 mln 127 ming tonna dizel va 1 mln 515 ming tonna yoqilg’i turlari ishlab chiqarildi.

Ishlab chiqarilgan neftning katta qismini hom ashyo sifatida eksport qilgan Qozog’iston oxirgi paytlarda neft qayta ishlashning mamlakat tarkibida amalga oshirilishiga ahamiyat bermoqda.

 

Qozog'iston Respublikasi mudofaa vaziri general-polkovnik Saken Jasuzakov rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi.

Qozog'iston Respublikasi mudofaa vaziri Toshkent shahrida O'zbekiston mudofaa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiyev bilan uchrashdi.

 Bu haqida Qozog'iston Mudofaa vazirligining saytida xabar berildi. 

Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo'nalishlari, shuningdek mudofaa sohasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi. 

Ikki tomonlama uchrashuv yakunlari bo'yicha tomonlar Harbiy hamkorlik rejasini imzolashdi, u harbiylarning hamkorlikdagi operativ va jangovor tayyorgarligi hamda harbiy ta`lim sohasiga doir chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan. Ta`kidlash joizki, O'zbekiston va Qozog'iston harbiy idoralarining ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchi marta shunday hujjat imzolanishi. 

Tashrif doirasida Qozog'iston Respublikasi mudofaa vaziri O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan. Prezident ikki tomonning qurolli kuchlari o'rtasidagi hamkorlikdan mamnuniyatini izhor etib, mintaqadagi xavfsizlik yo'lida mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligini ta`kidlagan. 

O'z navbatida, Saken Jasuzakov O'zbekiston Prezidentiga qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboyevning eng yaxshi tilaklarini yetkazgan. Mudofaa vaziri bundan keyin ham harbiy va harbiy-texnik sohalarda o'zaro hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanini qayd etgan. 

Qozog'iston delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi doirasida O'zbekiston Respublikasi Harbiy qo’shinning Qo'qon shahridagi harbiy qismlaridan biriga tashrif tashkillashtirilgan. 

Ikki kunlik tashrif yakunida Qozog'iston mudofaa vaziri Saken Jasuzakov O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Samarqand shahridagi qabrini ziyorat qildi. 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar