Ona diyor obidalari 15- qism

Qoratepa majmuasi Budda g‘or ibodatxonalar majmuasi (milodiy 1-3-asrlar). Eski Termizning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Dastlab 1926-1928 yillarda Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi ochgan.

Ona diyor obidalari 15- qism

Qoratepa majmuasi

Budda g‘or ibodatxonalar majmuasi (milodiy 1-3-asrlar). Eski Termizning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan. Dastlab 1926-1928 yillarda Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi ochgan. 1937 yilda M.Ye.Masson va Ye.G.Pchelina tekshirgan. 1960-yillarda arxeolog B.Ya.Staviskiy qazish ishlari olib borgan. Hozirda O‘zbekiston-Yaponiya qo‘shma arxeologiya ekspeditsiyasi ish olib bormoqda.

                     Assalomu alaykum, Ona diyor O`zbekistonning tarixiy obidalar   

        shahriga sayoxat etamiz.

Qoratepa majmuasi - Obida 3 ta tabiiy do‘nglikda qurilgan. Umumiy maydon 8 ga dan ziyod. Janubiy Do‘nglikda 15 dan ziyod g‘or majmuasi bo‘lgan. G‘arbiy do‘nglikdagi g‘or majmuasi 5 dan ortiq bo‘lmagan. Shimoliy do‘nglikning sharqiy qismini yer yuzasida joylashgan monumental majmua egallagan, g‘arbiy qismini esa yer yuzasiga qurilgan uncha hashamatli bo‘lmagan ibodatxonalar band qilgan.

Qoratepadagi hamma imoratlar turli vaqtlarda barpo etilgan. Keyinchalik avvalgilariga yondosh qilib qurilgan, so‘ng ular bilan bir vazifani bajarishgan. Hammasi bir necha bor ta'mirlangan va tarhi o‘zgartirilgan. Ibodatxonalar yoki boshqa muqaddas joylar ichi mavzuli (syujetli) va naqshinkor bezak, loyganch, ganch, tosh haykali bilan bezatilgan.

G‘or ibodatxonalarini qurish qoidalari hindlardan o‘zlashtirilgan. Ammo keyinroq qurilganlarini rejalashda baqtriylarning me'moriy usullari ustun turadi. Qoratepadagi dastlabki buddaviy ibodat inshootlari, aftidan, milodiy 1-asrda qurila boshlagan. Qoratepaning eng gullagan davri milodiy. 2-3-asrlarga to‘g‘ri kelib, bu paytda ibodatxonalar ko‘plab qurilgan, avvalgilari esa yangilangan hamda bezatilgan.

Bu jarayonda kushonshohlar, ularning noiblari, shahar hokimlari va badavlat shaharliklarning homiyligi hamda madadi muhim o‘rin tutgan. Qoratepadan topilgan, bag‘ishlov bitiklari bo'lgan sopollar bu holatni aniq ko‘rsatadi. Bitiklarga ko‘ra, Qoratepadagi ayrim majmuotlar Kxade-vakavixara- Podsho monastiri, Vxara Gulavxara vxad-Gulavxara o‘g‘li (Gon-dafar) Vixarasi, Okavixara deb nomlangan.

Qoratepa bitiklarida rohiblardan Buddashir, Buddxamitra, Jivananda ismlari eslatib o‘tilgan. Boy erkak va ayol homiylar qiyofasi rasmlarda hamda haykallarda saqlanib qolgan. Qoratepadan qo‘plab budda haykallari topilgan.

Milodiy 3-asr oxiriga kelib Qoratepa majmualari inqirozga yuz tutdi yoki vayron etildi. Bu, sosoniylarning Kushon davlatiga qilgan harbiy yurishlari bilan bog‘liq bo‘lsa kerak degan taxmin bor. Ayrim majmuotlar xonalariga otashkadalar o‘rnatilgan. Ayni mahalda Qoratepa majmuotlarining muayyan qismi milodiy 4-asr oxiri- 5-asr boshigacha ishlab turgan. Milodiy 4-asrdayoq Qoratepadagi ko‘plab tashlandiq xonalar va g‘or ibodatxonalaridan qabr sifatida foydalanilgan, so‘ng kirish joylari xom g‘isht bilan urib yuborilgan. Eng dastlabki qabrlar yonida kushon-sosoniy tipidagi tangalar, Peroz tangalari va unga taqlidan zarb qilingan tangalar uchraydi, keyingi qabrlarda esa mil. 5-6-asrlardagi Termiz hukmdorlari tangalari topilgan, ularning bir tomonida langar tasvirlangan. 7-asrdan 12-asrgacha Qoratepadagi yarim ko‘milgan ayrim xonalar va g‘orlardan zohidlar foydalanishgan.

Qoratepadan topilgan rasmlar, haykallar va bosgqa dekorativ-amaliy san'at buyumlari kushonlar davridan Tarmita-Termizda o‘ziga xos an'ana va yo‘nalishga ega bo‘lgan alohida badiiy maktab bo‘lganidan dalolat beradi. Bu maktab kushonlar davrida Baqtriya badiiy madaniyatininggina emas, balki butun antik madaniyatning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi.

Qazish paytida Qoratepadan Kushon podsholigi davriga oid sopol idishlar, kosa va ko‘zachalar, mis chaqalar, ohaktoshdan ishlangan me'morlik detallari, plitalar, sopol chirog‘donlar, topilmalar ichida 70dan ortiq sopol idish siniqlariga hindcha bitilgan yozuvlar (kharoshthi va brahma yozuvlari) hamda devorlarga chizilgan kushon-baqtriya va fors-pahlaviy xarakterli yozuvlar topilgan.

 


Tanlangan kalimalar: ibodatxona , O'zbekiston , Termiz , Qoratepa

Aloqador xabarlar