Istanbuldagi istirohat bog’ida, “Manas” haykali o’rnatildi

Qirg’iz xalqining tabarruk so’zlar gavharidan iborat bo’lgan buyuk “Manas” dostoni qahramoni uchun Istanbulda haykal o’rnatildi.

Istanbuldagi istirohat bog’ida, “Manas” haykali o’rnatildi

Qirg’iz xalqining tabarruk so’zlar gavharidan iborat bo’lgan buyuk “Manas” dostoni qahramoni uchun Istanbulda haykal o’rnatildi.  

Istanbuldagi “Sutluje” nomidagi istirohat bog’ida o’rnatilgan Manas haykalining ochilish marosimida Qirg’ziiston Bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov bilan Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Numan Kurtulmush ishtirok etdi.

Kurtulmush, bir-biridan minglab kilometr uzoqda yashagan bir millat, ikkita davlat fuqarolarining shunday chiroyli marosim yuzasidan uchrashib turganligidan xursand ekanligini qayd etgan holda,  

“Oramizga kirib olgan ko’rinmas devorlarni olib tashlab, bundan buyon mushtarak maqsadlar tomon birgalikda shaxdam qadamlar tashlaymiz” deya gapirdi.

Qirg’zistonlik Bosh vazir bilan kecha poytaxt Anqarada bo’lib o’tgan uchrashuvlarda ikki mamlakat o’rtasida hamfikrlik, mushtarak maqsad va manfaat borligini ko’rganliklarini qayd etgan Kurtulmush, bundan buyon yana-da faol faoliyat doirasiga kirajaklarini o’z so’ziga ilova etdi.

Kurtulmush Qirg’iziston bilan iqtisodiy, turizm, savdo, ta’lim, sport tarmoqlaridagi tashabbuslarning ortajagini ta’kidladi.

Qirig’iziston Bosh vaziri Soroonbay Jeenbekov esa Istanbulda o’rnatilgan “Manas” haykalining barcha turk dunyosining qardoshlik ramzi bo’lib qolishini aytib o’tdi.


Jeenbekov ikki xalq do’stligini mustahkamlagan  “Manas” haykalining Istanbulda o’rnatilishining Qirg’iz xalqi uchun quvonarli bir xodisa ekanligini ifoda etdi va,

“Bu xodisa, ikkila xalq munosabatini mustahkamlaydi va tarix sahifalarida o’rin oladi” dedi.

Marosim ortidan qirg’iz san’atkorlari “Manas” aytdi.


Tanlangan kalimalar: haykal , Manas dostoni , istirohat bog'i , Istanbul

Aloqador xabarlar