Turk olamidan xabarlar 31-qism

Qirg'izistonda prezidentlik sayloviga 38 ta nomzod rasman murojaat qildi.

Turk olamidan xabarlar 31-qism

                            

 

Birinchi xabarimiz Qirg’izistondan olingan.

Qirg'izistonda prezidentlik sayloviga 38 ta nomzod rasman murojaat qildi.

Qirg'iziston Markaziy saylov komissiyasiga 38 dan ortiq nomzod prezidentlik saylovlarida ishtirok etish bo'yicha ariza yubordi.

Qirg'izistonda 15 oktabrga belgilangan prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun nomzodini ko’rsatish jarayoni davom etmoqda.

Prezidentlik uchun da`vogarlar ro'yxatdan o'tish uchun aholining 30 ming imzosini yig'ishi va Markaziy Saylov Komissiyasi hisob raqamiga taxminan 15 ming dollar miqdoridagi saylov pulini to'lashi lozim.

Nomzodlarning murojaati 31 avgustga qadar davom etadi.

Nomzodlarni til bo'yicha testdan o'tkazish 26 iyul kuni boshlandi hamda bu borada birinchi mojaro ham yuz berdi. Parlamentdagi “Ota-Makon” muxolifat partiyasi yetakchi Omurbek Tekebayev testga korrupsiyada gumonlanganlik bo'yicha jinoiy ish doirasida tergov izolyatorida qolayotgani tufayli kelmagan. Shuningdek, tergov izolyatorida mamlakatning oliy lavozimi uchun da`vogar bo'lgan yana uch nomzod bor. Respublika nodavlat tashkilotlari hukumatga yoqmaydigan nomzodlar tanlov huquqini amalga oshira olmasligidan tashvishda ekanini bildirdi va MSKdan poyganing barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar bilan ta`minlashni talab qildi.

Qirg'iziston konstitutsiyasiga ko'ra, mamlakat prezidenti bitta olti yillik muddatga saylanadi. Bir kishi o'z hayoti davomida faqatgina bir marta oliy lavozimni egallashi mumkin. Amaldagi davlat rahbari Almazbek Atamboyevning prezidentlik muddati joriy yilning 1 dekabr kuni yakuniga yetadi.

 

Navbatdagi xabarmiz O’zbekistondan olingan.

Ma’lumki, kuni kecha Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli O’zbekistonda bo’lib qaytdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-iyul kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Nurettin Janiklini qabul qildi. 

Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, mamlakatlar o‘rtasida turli darajadagi aloqalar va o‘zaro manfaatli hamkorlik faollashganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Suhbat chog‘ida harbiy va harbiy-texnik hamkorlik istiqbollari ham muhokama etildi. O‘zbekiston va Turkiya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida amaliy hamkorlik o‘rnatish, jumladan, harbiy ta’lim sohasida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bu boradagi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilandi.

Turkiya milliy mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun samimiy minnatdorlik bildirdi va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Nurettin Janikli O‘zbekistonda Qurolli Kuchlar salohiyatini oshirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuksak baho berdi va Turkiya tomoni davlatlar o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

 

Navbatdagi xabarimiz yana Qirg’izistondan olingan.

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi TIKA Qirg’izistondagi Yusuf Bolasog’un universiteti qoshidag, Turk madaniyat markazida faoliyat ko’rsatadigan o’quv markazini tashkil qildi.

Ushbu o’quv markaziga kimyo bo’yicha Nobel mukofoti sovrindori turk prof.Dr Aziz Sanjarning nomi berildi.

O’quv markazining ochilishiga Turkiyaning Bishkekdagi favqulodda va muhtor elchisi Metin Kilich, TIKAning Bishkekdagi vakolatxonasi kordinatori Evren Rutbil, Yusuf Bolasog’un universiteti rektori Kanat Sadikov va boshqa ko’plab matbuot organi xodimlari ishtirok etdi.

Ochilishda so’zga chiqqan Turkiyaning Bishkekdagi favqulodda va muhtor elchisi Metin Kilich, Aziz Sanjar xuddi Chingiz Aytmatov kabi turk dunyosining mushtarak qadriyatlaridan biri ekanini tilga oldi.

U Turkiya kabi Qirg’iziston ham Aziz Sanjarning ilmiy muvaffaqiyatlaridan faxrlanishini va shu sababli ushbu o’quv markazga uning nomi berilganini aytib o’tdi.

Yusuf Bolasog’un universiteti rektori Kanat Sadikov ham Turkiyaning Qirg’izistonga ko’rsatgan yordamlari tufayli minnatdorchilik bildirib, bunday o’quv markazi Qirg’izistonda ilk marta ochilayotganini va bu markaz nafaqat talabalar uchun, balki akademiklar uchun ham katta foyda olib kelishini tilga oldi.

 


Tanlangan kalimalar: Turkiya , TIKA , Bishkek , O'zbekiston , Qirg'iziston

Aloqador xabarlar