Ona diyor obidalari 15- qism

Oqsaroy meʼmoriy majmuasi 1380 – 1404 yilga tegishli Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik. Amir Temur qurdirgan. Shaharning shimoliy sharqidagi bosh maydonda joylashgan.

Ona diyor obidalari 15- qism

Oqsaroy meʼmoriy majmuasi

1380 – 1404 yilga tegishli Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik. Amir Temur qurdirgan. Shaharning shimoliy sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir zamonlar muhtasham, xashamatli boʻlgan bu saroyning bizgacha yemirilib, haroba holga kelgan ulkan peshtogʻi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan.

                          Assalomu alaykum, Ona diyor O`zbekistonning tarixiy obidalar   

        shahriga sayoxat etamiz.

Oqsaroy meʼmoriy majmuasi - Oqsaroyning hozirgi koʻrinishi ham salobatli va goʻzaldir. Bu salobatlilik va goʻzallikka gʻishtlarning yaxlit boʻlib koʻrinishini taʼminlash — old va shimoliy devor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravogʻining eni 22,5 m, balandligi 40 m, umumiy balandligi 50 m dan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan.

Oqsaroyning avvalgi holati toʻgʻrisida faqat yozma manbalarga qarab fikr yuritish mumkin. 20 yil davomida qurilgan bu bino toʻgʻrisida Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha maʼlumot beradi: "Temur ishga yaroqli boʻlganlarning hammasini Xorazmdan Movarounnahrga koʻchirish uchun buyruq berdi... Xorazmlik ustalar baland va salobatli saroy qurishdi, hozir u Oqsaroy nomi bilan mashhur". 1404, 29 avgustta u hamon qurib bitkazilmagan, baʼzi joylarining koshinli naqshlari tugallanmagan edi. Shunga qaramay, juda hayratlanganligini, uning nihoyatda goʻzalligini yozadi. Saroy qurilishida xorazmlik ustalar qatori, mahalliy va boshqa davlatlardan kelgan ustalar ham qatnashgan. Peshtogʻidagi yozuvlar orasida eronlik Muhammad Yusuf Tabriziy nomi 2 marta takrorlangan.

Yozma manbalarga koʻra, Oqsaroy turar joy va jamoat binosi sifatida qurilib, xonalar hovli atrofida joylashgan. Bobur maʼlumotlariga koʻra, hovli oʻrtasida hovuz, toʻrida gumbazli katta xona — devonxona, yonlarida maslahatchilar uchun kichik xona, hashamatli ravoqli bostirmalar, ichki tomonida haram va amirning xonasi joylashgan. Devonxona peshtogʻida arslon va quyosh tasviri va Temur davlatining 3 halqa shaklidagi nishoni boʻlgan. Gumbaz ichi va yonlariga, burchaklardagi minoralarga koshin-gʻishtlardan qalqon shaklidagi girih naqshlar ishlangan. Bu naqshlar silliqlangan gʻisht va feruza rangli sirkor parchindan yozilgan kufiy xatlar zamini yoʻgʻon koʻk belboqqa oʻxshash mujassamotni tashkil etgan. Oqsaroy devorlaridagi ranglar jilosi, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi, kufiy, suls yozuvlari, koshinkori bezaklar, islimiy, girih naqshlarning oʻzaro uygʻunligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bagʻishlagan. Ranglarning oy yorugʻida jilolaniboqarib koʻrinishidan bino Oqsaroy deb nomlangan.

Saroyning oʻziga xos xususiyatlaridan biri — tom tepasiga ishlangan hovuzdir. Hovuzga suv Taxtaqoracha dovonidan qoʻrgʻoshin quvurlar orqali oqib kelib, undan sharshara hosil qilib pastga tushirilgan.

1707 yilda Buxoro xoni Ubaydullaxon Oqsaroy peshtogʻi ostida toj kiyib, taxtga oʻtirganligi peshtoqning oʻsha paytda butun ekanligidan darak beradi.

1973—1975 yillarda arxeologik tadqiqotlar, 1994—1996 yillarda konservatsiya ishlari olib borilgan.

 



Aloqador xabarlar