1995-yilning 11-iyuli va Srebrenitsa

Quyidagi voqeolavhada roppa-rosa 22 yil muqaddam Bosniya va Gertsegovinaning Srebrenitsa shahrida yuz bergan va 8 mingdan ortiq bosniyalikning yostig’ini quritgan voqeaning faqatgina bir qismi o’rin olgan... faqatgina bir necha daqiqasi.

769472

Ushbu videolavha 1995-yilning 11-iyuli kuni tasvirga tushirilgan bo'lib bugungi kunda Bosniya va Gertsegovinada, radio va televizorlar orqali tinglovchilar va tomoshabinlar e'tiboriga havola qilinmoqda.

Unda Ratko Mladich qomondonligidagi serb armiyasi Srebrenitsada, mahalliy xalqga Srebrenitsada yashash uchun qolishlarini yoki avtobuslar orqali Kladanjga ketishlarini taklif qilmoqda.  

Aytib o’tish joizki, Bosniyaning Srebrenitsa shahrida 1995-yilning 11-iyuli kuni Ratko Mladich qomondonligidagi serb armiyasi Srebrenitsani bosib olgan. Buning oqibatida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tarkibidagi gollandiyalik askarlardan yordam soragan bosniyaliklar, serblarga topshirilganidan keyin ommaviy ravishda qirg’in qilingan.

Bu yil huddi ana shu qirg’inga, huddi ana shu qatliomga roppa-rosa 22 yil bo’ldi. Eng yomoni haligacha ana shu voqeada jon bergan ba’zi qurbonlarning tirigi emas, jasadi ham bedarak vaziyatda.   

Aloqador xabarlar